Reja: 1. Statistika axborot tizimining qonuniy himoyalanganligi. 2. «eStat» elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig’ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. 3. «O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi. 4. Ixtisoslashtirilgan AKT bo'linmalari Kirish 2017-yil O'zbekiston tarixida yangi davr, ya'ni mamlakatimizning barcha sohalarida intensiv islohotlar va o'zgarishlar davri boshlandi.
O'tgan yillar mobaynida davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi hamda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, valyuta bozorini liberallashtirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yanada jadal rivojlanayotgan iqtisod va tadbirkorlik sohasida statistik ma'lumotlar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalar rivojlanishining doimiyligi, sodir bo'lish o'rni, vaqti va muayyan sharoitlarning o'zaro bog’liqligini aniqlash va baholash uchun asos bo'lib hizmat qiladi.
I. Statistik axborot tizimining qonuniy himoyalanganligi. Mamlakatimizda qabul qilingan qonun va qarorlar statistik kuzatuvlarning naqadar ahamiyatli va zaruriyligini yana bir isbotidir:
«Davlat statistikasi to'g’risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni - statistika organlari vakolatlari, statistik ma’lumotlarni shakillantirish yo'llarini, statistik kuzatuvlarni tashkil etishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar to’g’risidagi qonun;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-noyabrdagi «Davlat statistika organlari tizimining dasturiy-texnikaviy ta'minoti va kadrlarining professional malakasi darajasini oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida»gi PQ-999-sonli qarori, Davlat statistika qo’mitaasida axborot-kommunikatsiyalarini jadal rivojlanishiga turtki bo'lgan;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitaasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi PQ-3165-sonli qarorida beligilangan vazifalar, davlat statistika tizimini tubdan isloh qilish, statistik tahlillarning zamonaviy uslublarini amaliyotga joriy etish, ko'rsatkichlarni baholash mezonlari va hisobot shakllarini xalqaro talablarga va standartlarga javob bera olish, ishonchliligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va keng doiradagi mahalliy va horijiy foydalanuvchilar uchun tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish bo'yicha statistik ma’lumotlarning oshkoraligi va ochiqligi, hamda xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishga muhim omil bo'lib hizmat qilmoqda.
Bugungi globallashuv davrida shu narsa ma'lumki, har qanday statistik tizim faoliyatining samaradorligi uning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (keyingi o'rinlarda AKT) foydalanish darajasiga bog’liqdir.
Davlat statistika organlarida AKT rivojlanishining bosqichlari.
Davlat statistika qo’mitasida 1997 yilda birinchi marta AKT haqida so'z yuritila boshladi. Aynan o'sha yildan boshlab statistika hodimlari shahsiy kompyuterlar bilan ta’minlana boshlandi va ushbu jarayon statistik ma'lumotlarni elektron shaklda qayta ishlashga o'tish uchun birinchi qadam bo'ldi. Davlat statistika qo’mitasining barcha bo'linmalarida lokal hisoblash tarmoqlari qurila boshlandi. 2003 yilga qadar statistika organlarini bosqichma-bosqich hisoblash texnikasi bilan ta’minlandi va statistik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy komplekslarni yaratish, takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
2004 yilda Davlat statistika qo’mitasi tizimida Markaziy apparat va hududiy statistika boshqarmalari o'rtasida ma’lumotlar uzatishning ulanish tezligi 128 kb/s. bo'lgan korparativ tarmog’i yaratildi. Biroq tuman va shahar statistika bo'limlari orasidagi aloqa esa dial-up orqali amalga oshirilgan.
Keyingi yillarda statistik ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash uchun mavjud dasturiy ta’minotlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi, 2008 yil oxiriga kelib, statistika hodimlarining ish joylarini kompyuter texnikasi bilan ta'minlanishi 74 % ni tashkil etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 13 noyabrdagi PQ-999-sonli qarori ijrosini ta’milash maqsadida, statistika organlari zamonaviy kompyuter texnikasi, telekommunikatsiya va pereferik uskunalar, hamda litsenziyalangan dasturiy ta’minotlar bilan jihozlandi. Shu bilan bir qatorda Davlat statistika qo’mitasida korporativ axborot tarmog’i modernizatsiya qilindi, unga tuman va shahar statistika bo'limlarini qo'shgan holda kengaytirildi. Hududiy statistika boshqarmalarida Davlat statistika qo’mitasining hududiy bo'linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha ishlarni amalga oshiruvchi dasturiy texnik-ta’minoti va ma'lumotlarni saqlash Markazi tashkil etildi.
Natijada statistika organlarinining statistik ma’lumotlarini yig’uvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va foydalanish uchun axborot resurslari to'plami, axborot tizimlari, dasturiy-apparat ta’minoti va telekommunikatsiya qurilmalarini ifodalovchi Davlat statistika qo’mitasining yagona axborot tizimi shakllantirildi.
Statistika organlarida AKTdan foydalanishning asosiy maqsadi bu - statistik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir. Bunga respublikada yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari bo'yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, to'plash, tahlil qilish va e'lon qilish kiradi.