5. Sinflarga o ‘yin mazmunladni tushuntirish, ko'rgazmalilik va
nazorat ishlari qanday olib boriladi?
6. Faol va nofaol o ‘yinchilam i aniqlash, rag‘batlantirish (tanbeh)
qanday bo‘lishi lozim?
7. Milliy harakatli o'yinlar jismoniy sifatlar va ma’naviy fazilatlami
tarbiyalashda qachon va qanday y o ‘l bilan o ‘zlashtiriladi?
8. 0 ‘yinlami tashkil qilishda ma’lum bo'lgan usullardan tashqari,
yana qanday shaxsiy ijodkorlik usullarini qo‘llash mumkin?
11. Harakatli o‘yinlarni tashkil qilishga va o4kazishga
qo‘yiladigan pedagogik talablar
0 ‘qituvchining o‘yinga tayyorianishi
0 ‘yinni tanlash.
Yaxshi tanlangan o‘yin ta’lim
va tarbiya
muvaffaqiyatining muhim shartidir. 0 ‘qituvchi o'yinni o'tkazishga
tayyorlanishda o'yinga qatnashuvchilaming tarkibini, yosh xusu-
siyatlarini,
shuningdek, jismoniy tayyorgarliklarini
hisobga olib,
darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zan yaxshi о ‘yin
tanlansa-da, lekin u yomon o‘tishi mumkin. Bunday hollar tan
langan o‘yin ishtirokchilarining qiziqish va havaslariga mos kel-
masligi natijasida ro‘y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmay
qoladi.
0 ‘qituvchi o‘yinni tanlashda mashg‘ulot qanday o‘tkazilishi
(darstarzidao‘tkazilsa, o‘yin uning birinchi, ikkinchi yoki yakun-
lovchi qismida, tanafFus vaqtida va h.k.larda o‘tkazilishi)ni bilishi
kerak. Agar o‘yin qishda o‘tkaziladigan bo‘lsa, o‘quvchilami faol-
lashtiradigan va jismoniy yuklamani
bir teksda taqsimlaydigan
serharakatroq o‘yinlar tanlanishi kerak.
54
0 ‘yinni tanlash uni o'tkazish joyi bilan bevosita bog'liq bo'ladi.
Kichik yoki katta bo'lmagan tor zallarda chiziq bo'ylab turgan
holda o‘yinni o'tkazish mumkin, unda o'yinda qatnashuvchilar
navbat bilan qatnashadilar. Katta zalda yoki
sport maydonchada
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan barcha o'yinlar, ya’ni yoyilib, katta
va kichik to'pni uloqtirib o‘ynaladigan, sport elementlari bo'lgan
o'yinlar o'tkaziladi. Qish vaqtida maydonchada o'ziga xos qishki
o'yinlar o'tkaziladi.
Agarda o'yin ochiq havoda o'tkaziladigan bo'lsa, ob-havo va
havoning haroratini (ayniqsa, qish paytida) hisobga olish zarur.
Havo harorati past bolganda o'yinni o'tkazishda o'yin ishti-
rokchilarining barchasi faol qatnashadi va jismoniy yuklama barcha
qatnashchilarga bir tekisda taqsimlanadi.
Yozda issiq havoda
yaxshisi kam harakatli yoki qatnashchilar navbat bilan qatnasha-
digan o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'yin tanlash, shuningdek, o'yin uchun zarur bo'lgan
jihozlarga ham bog'liq bo'ladi. O'yin uchun bu jihozlaming bo'l-
masligi uni tashkil qilishga to'sqinlik qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: