103
«Cho‘pon» (yoki «Podachi»)
0 ‘yinga tayyorgarlik.
0 ‘yin sport maydonida yoki zalda o'tka-
zilishi mumkin. O'yinni boslilash oldidan to ‘pni otish joyi belgi-
lanadi, chiziladi. To'pni otish chizig‘idan 25—30 metr uzoqlikda
marra belgilanadi. Ikki komanda ishtirokchilari otish joyida qolish
uchun qur’a tashlaydilar. Otish joyida qolgan o‘yinchilarga qarshi
komanda maydonga chiqib joylashadi. Otish joyidan o'yinchi kop-
tokni o'yinga tashlab beradi.
0 ‘yiiining tavsifi.
Otish joyidan o'yinchi koptokni iloji boricha
uzoqqa otishi lozim, koptok uzoqroqqa ketsa, o'yinchi tezda
yugurib chiqib marraga borib, joyiga qaytib keladi. So'ngra doira
uy ichida dam olib turadi. Himoyachilar urilgan koptokni tepadan
yoki yerdan ilib olsalar, marraga yugurgan o'yinchi uradi, koptok
tegsa, himoyachilar otish chizig'iga yuguradilar. Koptok tekkan
o'yinchi darhol koptokni tutib olib, himoyachilardan biriga otadi.
Bu holda ular ham otish chizig‘iga yuguradilar, ya’ni yana joy
almashadilar. Shunday qilib, o'yinchilar qaysi komandadan
bo'lmasin, ketma-ket koptokni tegdirmasdan o'yinni muvaffaqiyatli
tugasalar, o'sha komanda g'olib chiqadi.
О‘yin qoidalari.
Koptokni maydonga to'g'ri tashlash talab
etiladi. O'yinda imkoniyat boricha tennis koptogini ishlatish lozim,
agar bo'lmasa, rezina yoki matodan qilingan koptok ishlatiladi.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin voleybol o'yiniga tayyorlash usul-
laridan biri bo‘lib, voleybol o‘yini uchun xos bo'lgan to‘pni egallash
malakasini rivojlantirishga yordam beradi. 0 ‘yinda voleyboldagi
kabi to‘p uzatish malakasini rivojlantiriladi.
0 ‘yin aniq harakatni, chaqqonlikni, aniq nishonga urishni,
kelishgan holatda harakat qilishni rivojlantirishga yordam beradi.
104
|