langan chegaradan chiqib ketishlari kerak. Komanda a’zolaridan
biri qo'lga tushsa, komandalar o'rin almashadilar.
0 ‘yin qoidalari.
1. Ko‘rpa ostidagi o'yinchi yerga qarab yotadi.
2. Qo'riqchi ham, ko‘rpa ostidagi o'yinchi ham arqonni qo'yib
yubormasliklari kerak. 3. Yerda yotgan o'yinchi u yoki bu yoqqa
siljimaydi. 4. Qo'riqchi faqat o'zining chegarasida yurishi mumkin.
5. O'yinchilami zarb bilan urish yoki tepishga ruxsat berilmaydi.
Pedagogik ahamiyati.
O'yin bolalami birday ahil bo'lib harakat
qilishga, chaqqonlikka, tezkorlik bilan harakat qilishga o'rgatadi.
O'yinni o'ziga xos harakatlari bo'lib aniq urish va yugurish hisob-
lanadi.
«Bekinmachoq»
0 ‘yinga tayyorgarlik.
O'yin bolalarda kuzatuvchanlik, sezgirlik
va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o'yin uchun butazor yoki
uylar bo'lishi kerak. Marrada qoladigan o'yinchi shunday aniq-
lanadi: bir to'da bolalar baravariga: «Bekinmachoq oshga pichoq,
kim oyni ko'rdi?» deya qo'llarini baland ko'taradilar. Qo'llami
ko'tarishda orqada qolgan bola marrada qoladi.
Dostları ilə paylaş: