Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

0 ‘ymning tavsifi. 
O'yinni boshlash navbati aniqlangandan 
keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Qolgan o'yinchi yerga 
yotadi yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi:
— Bo'ldimi? Bo'ldimi? — deydi va sanay boshlaydi. «Bir, ikki, 
uch, to'rt, besh, olti, yetti ketdim. Bo'lsa ham bo'ldi» deb, bola 
ko'zini ochadi, tevarak-atorfni sinchiklab kuzatadi va bolalami 
qidira boshlaydi. Birinchi bo'lib topgan o'yincining ismini aytadi:
— Ana, ana, Umidjonni topdim.
114


Yoki berkingan bolalami topsa:
— Bekinma, qoch, yuzingni och, to'xta topdim va hokazo.
О‘yin qoidalari. 
1. Yetti deb sanab bo‘lguncha o‘yinchilar 
yashirinib bo'lishlari shart. 2. Topilgan bolalar tutilgan hisoblanib 
marraga olib kelinadi. 3. Qolgan o'yinchilar bilintirmasdan marraga 
kelishlari mumkin. 4. Hamma o'yinchi yig‘ilib bo'lguncha o'yin 
davom etadi, so'ngra yangi qidiruvchi aniqlanib o'yin qaytadan 
boshlanadi.
Pedagogik ahamiyati. 
O'yin bolalarda sezgirlik, diqqat-e’tibor, 
kuzatuvchilik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. O'yinda chaq- 
qonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. 
O'yinning o'ziga xos harakati yugurishdir.
«Ko‘rpa yopindi»
0 ‘yinga tayyorgarBk. 
Bu o'yin yoshlami jasurlik, chaqqonlik 
va qo'rqmaslikka o'rgatadi. O'yinda har bir komandadan besh 
kishi qatnashadi. O'yinchilaming qur’a tashlash yo'li bilan hi- 
moyada yoki hujumda o'ynashlari aniqlab olinadi.
Himoyachilardan to'rt kishi ustlariga ko'rpa yopinib, yerda 
bukilgan holda yotishadi, ularning har birining qo'lida 2 m lik 
arqonlar uchlari, arqonlaming ikkinchi uchlari eng chaqqon va 
epchil himoyachi qo'lida bo'ladi. O'rtada turgan himoyachining 
ikkinchi qo'lida bir metrlik arqon yoki durra bo'ladi. Hujumchilar 
hujumga tayyor bo'lib turadilar.

Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin