O'yiiming tavsifi. O'yinchilar bir qatorga turib, oldinda tuigan
o'yinchining belidan qo'l bilan ushlaydilar. Ular doira bo'ylab
keng
qadamlar bilan yugurib, tuya kabi harakatlanishi kerak.
0 ‘yinchilardan biri doiraning bir chetiga joylasliib olib, yo'ldan
o‘tayotgan karvonni talab «qaroqcliilik» qiladi.
Qaroqchi so ‘ raydi:
— Karvon qayoqqa borayapti?
— Hindistonga,
ey hurmatli zot, — deb javob berdi karvonboshi.
— Sizlar, do‘stlar uchun nima olib kelasizlar? — deydi qaroqchi.
— Buyuring, oliy hazratlari, — deydi karvonboshi.
Qaroqchi 5 -8 ta buyumning nomini aytadi.
Karvon olg'n qarab ketadi. Doira bo‘ylab aylanib kelgan karvon
yana qaroqchining oldidan o'tadi. Qaroqchi karvonboshidan yana
so‘raydi: «Sen menga nima olib kelishing kerak edi?» Qaroqchi
qanday buyumlar aytgan bo‘Isa, karvonboshi
ularning hammasini
takrorlashi kerak. Agar biror narsani esidan chiqargan bo'lsa,
qaroqchi butun karvonni asirga oladi va navbat bilan biron narsa
olib kelishga majburlaydi.
Mabodo karvonboshi hech
narsani esidan chiqarmasdan
qaroqchi aytganlarini takrorlasa, unda qaroqchi so‘raydi: «Qani
rnening buyumlarim?». Karvonboshi o'yinchilardan birini ko'rsatib
«Navbatdagi sandiqda», deydi. Ko‘rsatilgan o'yinchi esa «Amu-
daryoni kechib o'tayotganimizda sizning buyuitmangizni yo'qotdik»
deyishi bilan karvon tarqalib qochadi.
Qaroqchi ulardan birini
tutishi kerak.
О‘yin qoidalari. 1. Har
bir buyurtma ravon, chiroyli talaffuz
etilishi lozim. 2. Qaroqchi o‘yinchilami faqat doira ichida ushlashi
mumkin. 3. O'yinchilar doira ichidan tez chiqib ketib qaroqchiga
tutqich bermasalar, karvon qutqarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: