1. Binoga asosiy kirish yo‘lidan harakatlanish uchun pandus (yoki lift) mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, talabga javob beradimi?(pandusning ko‘tarilish balandligi, kengligi, qiyaligi, bortlari normaga muvofiq bo‘lishi) Binoga asosiy kirish yo‘lidan harakatlanish shaharsozlik normalari va qoidalari talablarga rioya etilgan.
2. Binoning yuqori qavatlariga ko‘tarilish uchun lift mavjudmi?Agar mavjud bo‘lsa talabga javob beradimi?(soz holatdaligi, nogironlik aravachasi kira olishi, lift tugmachalarining qulayligi va b.) Bog’cha ikka qavatli. DMTTda lift zarurati mavjud emas.
3. Bino yonidagi avtoturargohda ushbu toifadagi shaxslar uchun alohida joylar ajratilganmi? (belgi chizilganligi, umumiy joylarning necha foizini tashkil etishi) DMTT tashqarisida mashinalar qo‘yiladigan joy mavjud emas va (Nogironligi bor shaxslar mashinalar to’xtash joyida alohida belgi chizilmagan. 4. Binodagi xizmat ko‘rsatish panellarining balandligi ushbu toifadagi shaxslarning foydalanishi uchun qulaymi? (ma’lumotnoma punkti, kassalar
va boshqa xizmat ko‘rsatish joylari) Tashkilot tomonidan ushbu toifadagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish fuqaroni bevosita 1-qavatdagi xonada qabul qilish orqali olib boriladi.
5. Binodagi (ichki va tashqi) hojatxonalar ushbu toifadagi shaxslar uchun moslashtirilganmi? (tutqichlari, kabinalari, qo‘l yuvish joyi va b.) DMTT binosida ushbu toifadagi shaxslar uchun unitazli xojatxona mavjud.
6. Binoda paypaslab harakatlanadigan, ko‘rish qobiliyati zaif kishilar uchun tutqichli harakatlanish yo‘lagi mavjudmi? DMTT faoliyat olib borayotgan binoda ushbu toifadagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish binolarida paypaslab harakatlanadigan, ko‘rish qobiliyati zaif kishilar uchun tutqichli harakatlanish yo‘lagi mavjud emas.
7. Binoda vaqtinchalik foydalanish uchun nogironlik aravachalari mavjudmi? Yo‘q bo‘lsa, ehtiyoj mavjudmi? DMTT faoliyat olib borayotgan binoda vaqtinchalik foydalanish uchun nogironlik aravachalari mavjud emas.