8. Binoga kelish yo‘lida ushbu toifadagi shaxslarning harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjudmi? (masalan, piyodalar o‘tish yo‘li) DMTT faoliyat olib borayotgan binoning binolariga kelish yo‘lida ushbu toifadagi shaxslarning harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud emas.
9. Binoga eng yaqin bekatda pandus, yo‘nalishlarni ovoz yordamida e’lon qilish vositasi va elektron axborot tablolari mavjudmi?(soz holatdami?) DMTT faoliyat olib borayotgan binoga eng yaqin bekatda pandus, yo‘nalishlarni ovoz yordamida e’lon qilish vositasi va elektron axborot tablolari mavjud emas.
10. Binoga qatnovchi jamoat transportlarida pandus, alohida joy, bekatlarni ovoz yordamida e’lon qilish uskunasi, elektron tablo mavjudmi?(mavjud bo‘lsa soz holatdami?) DMTT faoliyat olib borayotgan binoga qatnovchi jamoat transportlarida pandus, alohida joy, bekatlarni ovoz yordamida e’lon qilish uskunasi, elektron tablo mavjud emas.
O‘rganish natijasi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonun, “Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3048) hamda O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022 yil 26-oktabrdagi 185-son buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan “ShNK 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari” talablariga rioya etish.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov
Olmaliq shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi B.Ro‘ziyev Ma’lumotnoma bilan tanishdim va bir nusxa oldim.