O‘lmas qadriyatlar



Yüklə 40,1 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü40,1 Kb.
#134952
миллий қадирият


O‘lmas qadriyatlar
Har bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o‘z tili, urf-odati, moddiy va ma’naviy boyliklari bor. O‘zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniyatga ega bo‘lgan xalqlardan biri sifatida o‘zining ma’naviy va moddiy xazinasiga ega. O‘tmish ajdodlarimizdan bizga qadimiy urf-odatlar, an’analar xalqona meros bo‘lib avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Bu bilan biz xaqli ravishda faxrlansak arziydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy urf-odatlarimizning tiklanishi istiqlolimizning buyuk ne’matidir, chunki milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimiz negizidir. Urf-odatlarda insonning chin inson bo‘lib yashamog‘i uchun barcha narsalar keng qamrab olinganki, unda turmush tarzi, yashash odobi, muomala madaniyati, insonlarga munosabat, ota-onaga hurmat kabilar o‘z aksini topgan. Urf-odatlar to yaqingacha o‘z davrining qonuni vazifasini bajargan. Biz ota - bobolarimiz amal qilib kelgan milliy, ma’rifiy, madaniy, diniy urf -odatlarni avaylab-asrab, kelajak avlodga mukammal ravishda in’om etmog‘imiz lozim. Milliy qadriyat – ma’naviy boylik Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. U inson faoliyatidagi rang-barang narsalar, tabiat hodisalari, qadriy munosabatlar uchun manba sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. U insonning kundalik hayotida, ongining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Qadriyatlar mazmuni xilma-xil turga bo‘linib, turmushning barcha tomonlarini qamrab olgan. Bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, ular “hayot qadriyatlari” va “madaniyat qadriyatlari”dan iborat. Ikkinchi guruhdagilar esa madaniyatning an’anaviy bo‘linishiga asoslanib, qadriyatlarni ham “moddiy” va “ma’naviy” tarzda tasnif etadilar. Uchinchi guruh olimlar qadriyatlarni “moddiy” va “ma’naviy” va “ijtimoiy-siyosiy” turlarga ajratishadi.Yoshlarni ma’naviy shakllantirishda ikkinchi guruh tasnifiga asoslanish maqsadga muvofiq, chunki hozirgi jamiyat talabiga javob beruvchi yoshlarda har ikkala guruhga xos qadriy sifatlar mujassam bo‘lmog‘i lozim
Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi.
O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyat­lari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas.
Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda.
Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Shunday ekan, azal-azaldan xalqimizga xos boʻlgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondoʻstlik, saxovatpeshalik, oʻzaro hurmat, birodarlik, bagʻri kenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar har bir yurtdoshimiz tomonidan amalda eʼzozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qoʻshib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartdir.



Turfa hodisalar, xatti-harakatlar tarixda qayta-qayta takrorlanganidan odamlar ruhiyatiga turg‘un shaklda singib ketadi. Xalq xotirasi ana shu yo‘l bilan hosil qilingan bilim-tajribaga shu qadar boyki, zarur hollarda u har qanday muammoni yashirin mo‘jizakor kuchga tayanib yecha oladi.
 
Biz “urf-odat”, “udum” va “an’ana” deb ataydigan (bundan keyin “urf-odat” shaklida qo‘llanadi) bu ko‘nikmalar jamiyat hayotida katta o‘rin tutadi. Ularning kuchi, avvalo, shundaki, odamlarning, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, mutanosib holatlarda o‘ylab o‘tirmay bir xil harakat qilishiga sharoit yaratadi. Kezi kelganda, shunga majburlaydi. Aytaylik, mahalla ahli – katta mansabdor, mulkdor yoki oddiy ishchi-hunarmand bo‘ladimi – har bir kishi azador xonadonga kirib, duoyi fotiha qiladi. Shu tariqa jamiyat a’zolari bir-biridan tanish holatda tanish xatti-harakatni kutadi. Basharti, odam ko‘pchilikka odat bo‘lib qolgan harakatdan boshqasini qilar ekan, qarshilik, norozilikka uchraydi.
 
Norozilik ushbu shaxsning birgina harakatini inkor qilishdan boshlanib, uning o‘zini alohida guruhdan, hatto butun jamiyatdan siqib chiqarishgacha yetib borishi mumkin.
 
Jamiyatda urf-odatlarning ijtimoiy xulqni mo‘tadillashtiruvchilik, ya’ni regulyatorlik rolini inkor qilolmaymiz. Lekin tanganing ikkit omoni bo‘lgani singari, ularning ta’siri kuchli bo‘lgan jamiyatda shaxs erkinligi muayyan darajada cheklanishi ham bor gap. Odam ba’zan o‘zi xohlamagan, ko‘ngil amriga zid xatti-harakatni xo‘jako‘rsinga bo‘lsa-da amalga oshiradi. Deylik, ikki mahalladosh garchi bir-birini unchalik yoqtirmasa ham, salom-alikni kanda qilmay, jamoat ko‘zicha o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lib yurganday ko‘rinadi.
 
Xalq turmushidagi kundalik tadbirlar ko‘pchilikning tajribasi ila takomillashib, pirovardida izchil amaliyot sifatida sekin-asta odamlar talab-ehtiyojini qondira oladigan me’yorga – urf-odat o‘laroq tan olingan qonunga aylanadi. Ular takomillashuv jarayonida xalqning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi, axloq me’yorlariga, hatto mintaqaviy, tabiiy yashash sharoiti kabi unsurlarga tayanadi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehmon avval bir piyola choy bilan siylanib, keyin osh-ovqat qilinadi. Bu udum (mehmondorchilikni choydan boshlash, uni uch marotaba qaytarib, birinchi piyolasini mezbonning o‘zi olishi, mehmonga choyning paydar-pay uzatilishi) kabilar, ehtimol, mintaqadagi issiq iqlim sharoitidan kelib chiqqandir...
 
Urf-odatlar jamiyatda barqarorlik talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lib, uni o‘z vaqtida qondiradi. Lekin tarixiy vazifasini o‘tab bo‘lgach, shaxsning yangi ijtimoiy voqelikka muvofiq harakat qilishiga yo‘l bermay qolishi ham mumkin. Bu esa jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy rivojiga to‘siq bo‘ladi.
 
Ustiga-ustak, urf-odatlar jamiyat hayotiga shu qadar payvandlanib ketganki, ular o‘z o‘rnini yangisiga osonlikcha bo‘shatib bermaydi. Odamlar manfaatiga to‘la xizmat qiladigan yangiliklarni joriy etish mushkulgina emas, hatto ba’zan imkonsiz bo‘lib qoladi. Yaqindagina ko‘rdik: to‘ylarni davlat hokimiyati, parlamentar alashuvi bilan ham ixchamlashtirib bo‘lmadi. Demak, yangi udumlar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lishiga qaramay, baribir, qabul qilinmasligi ham mumkin ekan.
 
Aslida, asrlar davomida bo‘lsa-da, amalda qo‘llanib kelayotgan urf-odat, udum va an’analarning yangilanishiga tabiiy jarayon sifatida qaralmog‘i lozim. To‘g‘ri, urf-odat xalqning ma’naviy boyligi bo‘lib, ular uzoq yillar, ba’zan asrlar mobaynida shakllanib, amal qilib keladi. Ularda xalq donoligi mujassamlashadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, jamiyatdagi ilg‘or o‘zgarishlar xalqning o‘sha urf-odat, udum va an’analarni mohirona takomillashtirishi asosida ro‘y beradi. Lekin takomillashtirish va yangi sharoitga moslashtirish izchil kechadigan tabiiy jarayon bo‘lganidan, uni inqilobiy tarzda dabdurustdan yangilik kiritish bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillarida urfga kirgan “komsomol” to‘ylarini olaylik. Ular bizga yashirin siyosiy-mafkuraviy talablar bilan yo‘q joydan tiqishtirildi. O‘sha to‘ylarni bugungi kunda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki ulardagi ko‘p unsurlar elimizning uzoq asrlik udumlariga – sharqona ruhiyatiga yot edi. “Komsomol” to‘ylari – ildizi chuqur ma’naviy qadriyatlarni takomillashtirish emas, osmondan tushgan qo‘ziqoringa o‘xshagan ildizsiz yangilik edi.
 
Urf-odatlar jamiyat a’zolarining ijtimoiy xulqini boshqarishga xoslangan bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda “an’anaviy” va “zamonaviy” tasnifga ajratiladi. Mazkur atamalar ilgari, asosan, ijtimoiy-tarixiy va etnografiyaga taalluqli fanlarda ishlatilgan, keyingi vaqtlarda esa ijtimoiy psixologiyada ham keng qo‘llanmoqda.
 
An’anaviy urf-odatlarning amal qilishi, umuman, mavjudligi zamonaviylarining paydo bo‘lishini, aksincha, ikkinchisi birinchisining borligi, zamonaga moslashishini inkor etmaydi. Ular, istisno holatlarni hisobga olmaganda, bir-biriga uncha keskin qarshilik ko‘rsatmaydi. Bu ikkisi hamma zamonlarda ham bo‘lgan, o‘zaro ijobiy ta’sir ko‘rsatib, zamonaga moslashishda bir-biriga yordam bergan. Xalqning zardushtiylik tarixidan qolgan olovga sig‘inish alomatlari, chunonchi, kelinni olovdan uch marotaba aylantirish, marhumlar uchun qirq kungacha chiroq yoqib qo‘yish shahar sharoitida olov yoqishning qiyinligi, asosan, islomning joriylashuvi bilan bog‘liq holda o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketgan. Ammo bu udumlarni chekka qishloqlarda hali-hamon ko‘rish mumkin.
 
Qizig‘i shundaki, jamiyatga yangi odatlarning kirib kelishi “an’anaviy”larning yangi shakl-mazmun bilan boyishiga sabab bo‘ladi. Shu tariqa “zamonaviy”lar jamiyatning mo‘tadil taraqqiyotiga xizmat qila boshlaydi. Ammo ular ham ba’zan, ho‘l-qurug‘iga qaramay, “an’anaviy”larning barchasini, xususiy hollarda esa, hatto xalq tarixiy-ma’naviy boyligi bo‘lgan qadriyatlarni ham butkul inkor qilishga tushadi. Jamiyatda yangiliklarga qat’iy qarshilik ko‘rsatish kabi noxush hodisaning ko‘pincha ustuvorligi sababi shunda. Zamonaviy “to‘y eskortlari” fikrimizning yaqqol misolidir. Yana bir holat: har qanday marosimda avval yoshi kattalarga xizmat ko‘rsatish udumi tarixan ibtidoiy jamoa tuzumiga borib taqalsa ajab emas. Lekin keyinchalik bu qoida o‘zgardi – yoshroq bo‘lsa ham, mansabdorga alohida mulozamat ko‘rsatishga o‘tildi.
 
Urf-odatlar xalqning ommaviylashgan tarixiy tajribasi bo‘lib, hayotda keng qo‘llanadigan axloq me’yorlari, yozilmagan qonunlar sifatida shu xalq vakillari tomonidan himoya qilinadi, boyitib boriladi. Alohida shaxs ularni me’yor darajasida o‘zi bajarar ekan, boshqalardan, butun jamiyatdan ham shuni kutadi. Agarda ularning bajarilmayotganini ko‘rsa, bu holatni o‘ziga nisbatan hurmatsizlik sanab, darhol udum-an’analarning himoyachisiga aylanadi. Ba’zan umume’tirofdagi me’yorlardan toyish, ularni bajarmaslik butun jamiyat tomonidan qoralanishgacha olib borishi mumkin.
 
Qiziqki, bunday hollarda “buzg‘unchi”ning shaxsi va jamiyatdagi mavqeyi ham hisobga olinadi (aslida, shu xil “ayirmachilik” ham urf-odatga aylanib ketgan). Masalan, mahalladagi faqirroq, oddiy kasb-korli odam kelmasa ham to‘y o‘taveradi. Lekin mahallaning oqsoqoli kelmaguncha to‘y oshi ochilmaydi. Bu – udumlarda shaxsning ham o‘rni borligini ko‘rsatadi. Bu – yaxshi albatta. Ayni hodisa salbiy ko‘rinishda voqelanishi ham mumkin: o‘sha faqir umumqoidadan andak chekinsa, ta’na-malomatlar ostiga qolib ketadi, lekin shu harakat boy-badavlatroq odam yoki mansabdor tomonidan sodir etilsa, nafaqat jim turiladi, hatto xos yangilik deb baholanishi ham mumkin. “Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, boyning o‘g‘li gapirsin” qabilida ish tutish, afsuski, ma’lum ma’noda “urf-odatimiz”ga aylanib ulgurgan.
 
Mavzuga turli avlod vakillari nuqtayi nazaridan qarasak, urf-odatlar o‘ta yashovchanligi, katta-yu kichik ularning rioyasida bo‘lishini ko‘ramiz. Lekin yoshlar urf-odatlarga amal qilishda hamisha izchil emas, amal qilganda ham, yangiliklar qo‘shishni yoqtiradi.
 
Ma’lumki, jamiyatda avlodlar almashinuvi sezilmasdan kechadi. Katta avlod vakillari tarixiy xotira ko‘prigi sifatida urf-odatlarni qattiq himoya qiladi, yosh avlodni azaliy me’yorlarni buzmaslikka chaqiradi, buzganlarni jazolaydi. Bu jarayon urf-odatlarning ijobiy tomonlarini targ‘ib qilish orqali kechadi. Biroq katta avlodga ijobiy tuyulgan me’yorlar yangicha ijtimoiy sharoitda yosh avlod tomonidan rad etilishi ham mumkin. Ayni shu hol taraqqiyotning abadiy hamrohi bo‘lmish otalar va bolalar muammosini keltirib chiqaradi. Yoshlar ko‘pincha kattalar oldida urf-odatlarni bajarsa-da, o‘z davrasida yangiliklarni qo‘llab, yangilangan shu me’yorlarni sekin-asta joriy eta boradi. Yoshlarga tajriba yetmasa-da, ular o‘z bilganicha yashashga urinadi, qadimiy urf-odatlarga to‘liq rioya etishni xohlamaydi, hur fikrga intiladi. Hamma vaqt bo‘lmasa-da, bu holga muayyan urf-odatning salbiy tomoni – zamon talabidan ortda qolgani, taraqqiyot kushandasiga aylangani sabab bo‘ladi. Lekin, baribir, urf-odatlar – jamoatning to‘plagan tajribasini shaxsga o‘tkazuvchi, shaxsni ijtimoiylashtiruvchi umumhayot qoidalari sifatida muhim ahamiyatga ega.
 
Urf-odatlarning jamiyatdagi boshqaruv rolini ham e’tirof etmoq darkor. Bunda din bilan bog‘liq an’analar va jamoatchilik fikri tushunchasini ta’kidlash lozim. Ko‘pchilik hollarda shaxs shu ikkisiga butunlay tobelikka tushadi, o‘z shaxsiy tushuncha va xulosalariga amal qilolmaydi. Bu, ayniqsa, shaharlashuvdan uzoq qishloq sharoitida o‘ta kuchli kechadi.
 
Har qanday erkin fikr, mustaqillikka intilish jamiyat tomonidan qoralanib, “bid’at”, “g‘ayrifikr” deya talqin qilinadi. Ma’lum hollarda “bid’atchi”larga nisbatan jazo ham qo‘llanadi. Bu, birinchidan, erkin fikrni bo‘g‘ish, undan ham yomoni, odamni jamiyatdan chetlashtirish, quvishga aylanib ketishi mumkin. Holbuki, inson jamoasiz, uning munosabati, ta’siri va fikrisiz yolg‘iz yashayolmaydi. Chunki u – ijtimoiy jonzot. Bunda shaxsning jamiyatga faol kirib kelish hamda faol ijtimoiy hayotdan chetlashish davrlari muhim. Birinchisida u jamiyat tomonidan rad etilsa, joniga qasd qilishgacha borib yetadi. Faol ijtimoiy faoliyatdan chetlashayotgan bosqichdagi shaxs esa buni yanada og‘ir qabul qiladi, ijtimoiy hayotdan ketishni xohlamaydi, ichki hayajon, kuchli kechinmalar girdobiga tushadi. Binobarin, shaxs jamoadan majburan chetlatilganda, ishdan, ayniqsa, yuqori lavozimdan olinganda g‘ayrifikr guruhlariga qo‘shilib, jamiyat va uning boshqaruv tizimini tanqid qiluvchiga, hatto muxolifga aylanib qolishi ham mumkin. Ular uchun ko‘pchilik ahmoq hamda “aqldan ozgan” bo‘lib ko‘rinadi. Shaxs ichki motiv, mayllar kurashi ta’sirida, hatto jamiyat bilan, jamoat fikri bilan nizoga boradi. Bu ko‘pincha uning uzoq yillik urf-odatlarga qarshi chiqishi shaklida kechadi. U an’anaviy, “qotib qolgan” qat’iy me’yorga shaxsiy manfaati, o‘zining yangi ijtimoiy holatidan turib munosabat qiladi.
 
Urf-odat asrlar davomida izchil tarzda umumjamiyat tomonidan, umummanfaatdan kelib chiqib o‘rnatilgan, uni o‘zgartirishga faqat umumning o‘zigina mutasaddi va haqli hisoblanadi. Birgina yoki bir necha shaxs xohish-istagi bu xil o‘zgartirishga asos bo‘lolmaydi.
 
Jamiyatdagi urf-odatlarning ruhiy ta’sir mexanizmi shu darajada mustahkamki, ong-tafakkur kabi nomoddiy borliq juda kam holatlardagina ushbu me’yor chegarasidan tashqariga chiqishi mumkin. Urf-odat ta’sirida shaxs o‘zini doimo jamiyat nazari hamda himoyasida his etadi.

Yetuk mutaxassis Dono maqtov olar, nodon-chi- so‘kish, O‘zing o‘yla , senga ma’qul qaysi ish? O‘qish uchun material Yetuk mutaxassis O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga juda katta e’tibor qaratilib, ularga har sohada katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Yoshlarning barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari, shaxs sifatida shakllanishlari uchun kasbni to‘g‘ri tanlay bilishlari, shu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari lozim. O‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun, eng avvalo, yaxshi o‘qish, bilim olish kerak. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z maqsadi sari intilish kerak. Bu o‘rinda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Hozirda yoshlarimiz internet tarmog‘idan keng foydalanib, kerakli ma’lumotlar olmoqdalar, elektron pochta xizmatlaridan foydalanmoqdalar, kerakli adabiyotlarni qidirib topmoqdalar va hokazo. Ushbu resurslar yoshlarni bilimli bo‘lishlarida, ularni vatanga sadoqatli, o‘z tarixi, millatidan faxrlanadigan qilib tarbiyalashda, har sohadagi yangiliklardan, ixtirolardan xabardor bo‘lishlari uchun, yangi bilimlar bilan yanada o‘z tafakkurlarini oshirishlari uchun xizmat qilmog‘i lozim. O‘z sohalarining yetuk mutaxassisi bo‘lmish ustozlarni hurmatlash bayonida…. Har bir inson uchun o‘z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado qilishi shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday inson ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to‘ydiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi. Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi. Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haqhuquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazilatlar sari yo‘l ko‘rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o‘ylashib, hamisha jon 161 kuydirishadi, el ichida o‘ylab, butun kuch va imkoniyatlaringni ishga solishadi. Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so‘rashing zarur. Muallim va ustozing nima so‘rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so‘zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko‘chako‘yda ularni ko‘rib qolsang, ta’zim bajo qil, qo‘lingni ko‘ksingga qo‘yib, salom ber. (Abduqodir Nuriy al-Barzanjiy) Berilgan so‘z va iboralarning ma’nosini bilib oling. yetuk va malakali mutaxassislar, tajribali tarbiyachilar, chin yurakdan sevmoq, hissa qo‘shmoq, ilm bezagi, yuksaklik, kamolga yetmoq
Yüklə 40,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin