1.Kishilik olmoshlari nutq so'zlanayotgan paytda ishtirok etgan yoki tilga olingan shaxs va narsaga ishora qiluvchi so'zlardir. Kishilik olmoshlari asosan ot o'rnida qo'llanadi va uch shaxsni ifodalaydi: 1-shaxs (men) so'zlovchi, 2-shaxs (Sen) tinglovchi, 3-shaxs (u) nutq jarayonida ishtirok etmaydigan, so'zlovchi va tinglovchi tomonidan eslatilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ko'plikda esa 1-shaxs (biz) - so'zlovchi va boshqa shaxslarni, 2-shaxs (siz) tinglovchi va boshqa shaxslarni, 3-shas (ular) nutq Jarayonida ishtirok etmaydigan birdan ortiq shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Shaxs
Birlik
Ko`plik
1-shaxs (so`zlovchi)
Men
Biz
2-shaxs (tinglovchi)
Sen
Siz
3-shaxs (o`zga)
u
Ular
Kishilik olmoshlari nutqda quyidagi xususiyatrga ega bo'ladi:kishilik olmoshlari, o'z ma'nosidan tashqari, shaxs va son ma'nosi ko'chgan holda qoʻllanishi mumkin. Kishilik olmoshlarining so'z o'zgartuvchi qo'shimchalar bilan ishlatilishida quyidagi kabi o'ziga xosliklar mavjud: a) kishilik olmoshlariga odatda egalik affikslari qo'shilib kelmaydi; b) bu olmoshlar kelishik affikslarini olib turlanishi mumkin: mening, seni, uning, sizda, sizga, ulardan kabi. Men, sen olmoshlari tushum va qaratkich kelishiklari bilan turlanganda qo'shim-cha tarkibidagi n tovushi tushib qoladi: men+i, men+ing, sen+i, sen+ing kabi; d) 1,2-shaxsni ko'rsatuvchi kishilik olmoshlari kesim vazifasida kelganda shaxs-son affikslarini olib tuslanishi mumkin: menman, sensan, bizmiz, sizsiz kabi.