2. Ko'rsatish olmoshi. Ko'rsatish olmoshi shaxs, narsa yoki belgini ko'rsatish, ta'kidlash uchun ishlatiladi.Olmoshning bu turiga: u, bu, shu, usha, mana shu, ushbu kabi so'zlar kiradi. Ko'rsatish olmoshlari tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi:
1) sodda ko'rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o'sha; 2) qo'shma koʻrsatish olmoshlari: mana shu, ana shu, mana bu, anavi (ana и). Ko'rsatish olmoshlarini ular ishora qiladigan narsaning makon va zamonga munosabati nuqtai nazardan aniq va noaniq ma'noli ekanligi bilan farqlanadi: Aniq ma'noni ifodalovchi ko'rsatish olmoshlari makon va zamonning yaqin-uzoqligini ifodalashiga ko'ra ikki xil boʻlishi mumkin. Masalan: a) shu olmoshi so'zlovchiga masofa va vaqt jihatdan yaqin bo'lgan voqea yoki narsani bildiradi: shu instiutda o'qiyman (so'zlovchi ko'rsatib gapirayotgan Institut yoki so'zlovchi oldin shu haqda gapirgan, hozir eslayotgan institut); b) o'sha olmoshi so'zlovchidan nariroqdagi narsani yoki avvalroq boʻlgan voqeani bildiradi: o'sha (o'sha kishini chaqiring).
3. So'roq olmoshlari, Nutq jarayonida ishtirok etuvchilarga ma'lum bo'lmagan narsani aniqlab bilish uchun ishlatiladigan olmoshlar so'roq olmoshlart deyiladi.
So'roq olmoshlari shaxsga (kim), narsaga (nima), belgiga (qaysi, qanday), miqdorga (necha, qoncho), vaqtga (qachon), maqsad va sababga (nega, nimaga) va o'ringa (qoni) munosabat bildirishiga ko'ra o'zaro farqlanadi.
4.O'zlik olmoshi aniq yakkalikni ajratish, belgilash va ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Olmoshning bu turi o'z so'zidan iborat bo'ladi. O'z olmoshi har uchala shaxs, bielik va ko'plikdagi kishilik olmoshlari o'mida ishlatilib, ko'pincha shaxsni, ba'zan narsani ko'rsatadi.
5.Belgilash olmoshlari narsa va shaxslaming to'dasini, Jamini bildiradi yoki ulami ayirib, ta'kidlab ko'rsatadi. Shunga ko'ra ulami ikki kichik gurunga, ya'ni jamlash va belgilash olmoshlariga ajratish mumkin. Birinchi gurunga kliuvchi atmoshlar jamlikni ifodalasa, ikikikichi guruhga kiruvchi olmoshlar narsani qieman jamlash bilan birga ta'kidlab, beigilab, aniqlab ko'rsatadi.