Oltinsoy tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma yig‘ilish
B A YO N N O M A S I №
2023 yil 15 dekabr 13-maktab
Yig‘ilishda 67 nafar kasaba uyushma a’zolaridan 59 nafari qatnashdi
Yig‘ilish raisi X.Djumayev
Kun tartibida:
Maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husanning moddiy yordam puli olish haqidagi murojaati haqida
E S H I T I L D I :
Oltinsoy tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma qo’mita raisi X.DJumayev kirish so’zi bilan ochdi va yigilish qatnashchilarini ko’rilasigan masala bilan tanishtirdi. U o’z so’zini davom ettirib, maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husanning otasi Shukurov To’raning vafot etganligi uchun, moddiy yordam sо‘rab yozgan ariza berganligini bildirdi. jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husan 2000-yildan buyon ushbu maktabda ishlab kelayotganligini ma’lumot uchun keltirib o’tdi.
Shu masala yuzasidan kasaba uyushma qumitasi a’zosi E.Boyqobilov sо‘zga chiqib, kasaba uyushma a’zolari jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husannaning oilaviy sharoiti og‘irligini inobatga olib jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husan To’rayevichga moddiy yordam berish taklifini maqulladilar.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olib, maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qо‘mitasi yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I:
1. Kasaba uyushma a’zolari jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husanning oilaviy sharoitini tiklab, otasi vafot etganligi uchun moddiy yordam so’rab yozgan arizasi qanoatlantirilsin.
2. Ushbu qarorni ijorsini nazoratini о‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish raisi: X.Djumayev
Kotibi: E.Boyqobilov
Oltinsoy tumani XTB tasarrufidagi 13-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi maxsus komissiyasining
7-sonli yig’ilish bayonnomasi
2023 yil 16- dekabr Mustaqillik 10 yilligi mahallasi
Yig`ilish raisi: N.Mamatqulova
Ma`sul kotib : S.Xoliyorov
Qatnashdilar: Komissiya a`zolari
Kun tartibidagi masala
Maktabda faoliyat ko`rsatib kelayotgan pedagog xodimlar va tex xodimlarga moddiy yordam berish to`g`risida.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab ishchi guruhi raisi N.Mamatqulova so`z oldi va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy О‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak kо‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish tо‘g‘risida”gi 2019 yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorining 1-ilovasidagi Nizomning 7-bob 33-bandidagi Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (о‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning о‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush о‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar kо‘rganda kо‘rsatilishi haqida gapirib o’tdi.
Shu o’rinda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori tahriri 33-bandi to’g’risida ham ma’lumot berib, maktabda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimi maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husan To’rayevichning otasi Shukurov To’raning vafot etganligi sababli moddiy yordam berilishi haqida takidlab o’tdi. Mazkur masala yuzasidan komissiya a’zolari D.Pardayeva , I.Qoraboyevlar so`z olib o`z fikirlarini bildirdi va komissiya a’zolari bir ovozdan maqulladilar.
Yuqoridagilarni tinglagan holda yigilish
Q A R O R Q I L A D I:
1.Masala yuzasidan axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin
2. Maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shukurov Husan To’rayevichga ikki lavozim maosh miqdorida moddiy yordam berilsin.
3. Mazkur qaror boyicha xujjatlarini rasmiylashtirish va nazorati kasaba uyushma rahbari X.Djumayev zimmasiga yuklatilsin.
Ishchi guruh raisi: ______ N.Mamatqulova.
Ishchi guruh kotibi ______ S.Xoliyorov.
Ishchi guruh a’zolari: _____ X.Djumayev.
______ Q.Jumayev.
______ S.Rayimaliyeva.
______ D.Pardayeva
______ I.Qoraboyev
Ota-onalar qo’mitasi vakili: ______ O.Qoraboyev
Ota-onalar qo’mitasi vakili: ______ D.Tog’ayeva
Dostları ilə paylaş: |