1-sonli yigilish bayonnomasi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/16
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bayonnoma (2)


Guliston Davlat universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika» kafedrasi «Yosh olimlar» to’garagining sentyabr oyida bo’lib o’tgan
1-sonli yigilish
bayonnomasi
14.09.2022 Yangier.sh.
Qatnashdilar: To’garak rahbari: Tashmatova.G
Yigilish kotibi: Abdullaev R va
to’garak a’zolari
Kun tartibi:
To’garak ishining maqsad va vazifalarini belgilash
1.1.Faollarni saylash;
1.2.Ish rejasini tasdikqlash;
1.3.To’garak mavzularini tasdiqlash;
1.4.O’zaro hamkorlikka oid vazifalarni kelishib olish;

2023 yil 14 sentyabr kuni pedagogika va psixolgiya yo’nalishi talabalaridan tashkil topgan «Yosh olimlar» to’garagining 1-sonli yigilishi bo’lib o’tdi. Birinchi masala yuzasidan to’garak rahbari G.Tashmatova so’zga chiqdi. Birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan to’garak rahbari Tashmatova G so’zga chiqdi. U o’z so’zlaridan talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi. To’garakning yangi 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallab ishlab chiqilgan yillik ish rejani tushuntirib o’tdi. To’garak rejasi bir ovozdan maqullandi. To’garak mavzulari oylarga taqsimlandi. O’zaro hamkorlikka oid vazifalar kelishib olindi. Yigilish davomida to’garak a’zolari saylandi.To’garak kotibi etib «Pedagogika va psixologiya» yo’nalishi 4- kurs talabasi Abdullaev Ravshan nomzodi ko’rsatildi.


Uchinchi masala yuzasidan to’garak rahbari Tashmatova G to’garak mavzulari bilan tanishtirib o’tdi. To’garak 20 ta mavzudan iborat va bir oy mobaynida ikki marta ya’ni haftaning seshanba kunida o’tkazilishi bo’yicha aytib o’tdilar.
Mustaqil bayramini aloxida shior ostida nishonlash an’anaga aylanib qoldi. Shiorlar odatda jamiyatni, ijtimoiy fikrni uziga jamlagandagina, fuqarolarni yagona maqsad yo’lida birlashtirgan va yangi zafarlarga yunaltirgan real kuchga aylanishi mumkin.Shu ma’noda har qanday shior millatning manfaatiga mos kelishi lozim.
Kuni kecha davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakat mustakilligining o’ttiz bir yillik muqaddas bayramiga munosib tayyorgarlik ko’ rish va uni o’tkazish bo’yicha aloxida qaror qabul qilindi. U har qanday O’zbekistonlikni ruhlantira oladi. Ayni paytda,mazkur shior mamlakatimizning bugungi holatiga ham mos.
«Aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi bo‘lib kelmoqda.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilanYangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlash zarur.
2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘pmillatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda»


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin