Omborlar tasnifi



Yüklə 15,79 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü15,79 Kb.
#163778
1   2   3   4
Omborlar tasnifi-hozir.org

Sarflovchi omborlar
Sarflovchi omborlar portlovchi materiallarni tarqatish uchun xizmat qiladi. Sarflovchi ombor binosi yer yuzasida joylashgan, yarim chuqurlashtirilgan, chuqurlashtirilgan va yer ostida joylashgan bo‘lishi mumkin. Sarflovchi ombor alohida saqlovchi binosida quyidagi miqdorlarda portlovchi materiallar saqlanishi mumkin: doimiy, yer yuzasida joylashgan omborlarda 60 t dan oshmasligi, vaqtinchalik omborlarda esa 25 t dan oshmasligi shart.
Doimiy, yer yuzasida joylashgan ombor barcha saqlovchi binolarida quyidagi miqdorlarda portlovchi materiallar saqlanishi mumkin: portlovchi modda 120 t gacha; detonatorlar 250000 tagacha; olov o‘tkazuvchi shnur - cheklanmagan va detonatsiyalovchi shnur 100000 m. Vaqtinchalik, sarflovchi ombor barcha saqlovchi binolarida portlovchi moddalar – 75 t, detonatorlar 100000 ta, olov o‘tkazuvchi shnur - cheklanmagan va detonatsiyalovchi shnur - 50000 m.
Sarflovchi omborlarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun bitta xonada 10 kg gacha portlovchi modda, 500 donagacha detonatorlar va shunga mos holda olov o‘tkazuvchi shnur va detonatsiyalovchi shnurlarni saqlashga ruxsat beriladi. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi portlovchi modda va portlatish vositalari bitta xona ichida joylashgan alohida seyflarda sqalanadi. Bunday xonalar devorlari va tomi yonmaydigan materialdan bo‘lishi, ushbu xonaning yon tomonlaridagi, usti hamda ostida joylashgan xonada odamlar ishlaydigan doimiy ish joyi bo‘lmasligi lozim. Shuningdek mazkur xonaning eshigi olovga bardoshli materialdan tayyorlangan bo‘lishi va olovga bardoshliligi 0,75 soat dan kam bo‘lmasligi shart.
Omborlarga qo‘yiladigan talablar
Domiy omborlar (yer yuzasida joylashgan va yarim chuqurlashtirilgan) quyidagi bino va inshootlar uchun maxsus ajratilgan hudud (maydon)ga ega bo‘lishi kerak: portlovchi modda va portlatish vositalari saqlanadigan bino; I, III va IV guruh portlovchi materiallari yashiklari hamda olov o‘tkazuvchi shnur va detonatsiyalovchi shnur qiyqimlari uchun bino; ammiak selitrali portlovchi moddalarni tayyorlash uchun uchun bino va maydon, qorovul minoralari, qo‘riqlovchi itlar uchun maxsus budkalar, laboratoriya va poligonlar, yong‘inga qarshi vositalar uchun saroy, suv havzasi, kirish-chiqishni nazorat qilish uchun budka (qorovulxona bo‘lmaganda).
Taralarni saqlash joyi va qorovulxona ombor chegarasi to‘sig‘i tashqarisida bo‘lishi lozim. Qorovulxona ombor chegarasi to‘sig‘idan kamida 50 m masofada, taralarni saqlash uchun so‘ri yoki shiypon esa kamida 25 m masofada joylashtirilishi kerak. Ombor hududida qorovul minoralariga ehtiyoj ularning soni va joylashuvi ichki ishlar organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ombor hududi atrofini o‘rab turuvchi devordan portlovchi materiallarni saqlash binosi devorigacha bo‘lgan masofa kamida 40 m bo‘lishi kerak. Ombor hududi atrofini o‘rab turuvchi devor tikanli sim, g‘isht, tosh, metal yoki yog‘ochdan tayyorlanishi mumkin. Devor balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak.
Devor tashqarisidan 50 m masofa ta’qiqlangan hudud hisoblanadi va ushbu hudud yengil alangalanuvchi xas-cho‘plardan tozalangan bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallar saqlanadigan doimiy ombor binosi devorlari yonmaydigan materialdan quriladi. Bunda ombor binosining ichki tomoni oqlangan bo‘lishi shart. Ombor binosining poli yog‘ochdan, asfaltdan, betondan va loyli-betondan qilinishi mumkin. Tutovchi poroxlar saqlanadigan bino poliga mata to‘shalishi shart. Bino oynasi yorqin rangga bo‘yalgan po‘lat panjara yoki to‘r bilan qoplangan bo‘lishi shart. Ombor har bir binosida portlovchi materiallarni tarqatish uchun kamida bitta ayvon bo‘lishi shart. Ombor binosiga kirish-chiqish eshiklari soni shundan aniqlanadiki bunda portlovchi materiallar saqlanayotgan joydan eshikkacha bo‘lgan maksimal masofa 15 m dan oshmasligi kerak.

Yüklə 15,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin