«Ommaaviy madaniyat» ning


Ada, sizzi o’kirishingiz qo’rqinchli, meniki esa vobщyem



Yüklə 28,29 Kb.
səhifə3/3
tarix26.09.2023
ölçüsü28,29 Kb.
#148690
1   2   3
(Musiqa Ommaviy madaniyat)

Ada, sizzi o’kirishingiz qo’rqinchli, meniki esa vobщyem kulguli. Xafa bo’lma o’g’lim, sabr qil, o’qirishga muzikalnыy slux kerak. Konservatoriyaga o’qishga kirsang, hammasi joyida bo’ladi. Ada, agar chyotkiy o’kirishimni xohlasangiz, man volyaga chiqishim kerak. O’g’lim, nima qamoqdamiding volya so’rab qolding
Sani prikrasno tushinib turibman... Voy, krыsa, qani darrov vozvrat qilchi ... Ey Sherpo’lat vorovskoy mirda hyech narsani tushunmaysanda ... Nima deysan, o’kirishni o’rganarmikan? Da, konechno, o’zim shkolaga oboraman...
Voy, qobil turshak, sendan oldin men keldim... Voy nomardlar, hali spros
berasanlar bunga...
Voy, esim qursin, bugun Turdioy bilan strelkam bor edi. Aytganday, jonginam, sanga deb 300 dollarga tilla magazinidan sotib oldim...
“Ommaviy madaniyat” mahsulotlari sirtdan yaltiroq ko’rinishi, yangiligi bilan ularni o’ziga jalb qiladi. Yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, ularni o’qishga, bilim olishga emas, balki o’ynab-quvnab, “yashab qolish”ga
chaqiradi. Aslida “ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va ommaviy madaniyat mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon bo’ladi.
Ana shu vazifalarni oydinlashtirish maqsadida biz “Talaba g’oyaviy-estetik immunitetning tarkibiy qismlarini belgilab chiqdik: Har bir to’garak a’zosi – talaba bilan erkin suhbat o’tkaziladi. Har bir ko’rsatkich 10 ballik tizimda baholanadi. Bunda quyidagi aniqlovchi savollardan foydalanish mumkin:

  1. “Ommaviy madaniyat”ning asosiy maqsadini, mazmun mohiyatini bilish.

  2. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari mazmun-mohiyatini bilish.

  3. Milliy va mumtoz san’atimiz turlarini, afzalliklarini bilish.

  4. “Ommaviy madaniyat” mafkurasi misollarini hozirgi hayotda uchrayotgan ko’rinishlarini bilish, ularga mustaqil munosabat bildira olish.

  5. Ularni fosh qilish qobiliyati.

  6. Yot mafkuralarning ta’sir ko’rsatish usullarini bilish.

  7. Yot mafkuralar ta’siriga duch kelganda nima qilishni bilish (Proyektiv pedagogik vaziyatlar orqali ochiladi.)

  8. Milliy va jahon san’ati tarixi nazariyasi, an’analaridan yangiliklaridan xabardorlik

  9. Sevib tinglaydigan va ijro etadigan san’at namunalari orasida milliy san’at asarlarining o’rni.

  10. Milliy san’atimizni tengdoshlari orasida targ’ib qilish.

Oliy ta’lim muassasasi badiiy havaskorlik to’garaklarida talabalarning san’atga bo’lgan ehtiyojlarida muayyan o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, o’tkazilgan so’rovlardan dastlab havaskor talabalarning 89%i san’atning zavqlantirish, rohatlantirish, vaqtni mazmunli o’tkazish kabi gedonistik xususiyatlariga e’tibor qaratgan bo’lsalar, keyinchalik bir yildan so’ng talabalarning 91%i san’atni o’z dunyoqarashlarini kengaytirish, tasavvurlarini boyitish vositasi deb bilishlari kuzatildi. Bu esa badiiy to’garaklarda san’atning tarbiyalovchi funksiyasining oshirilishi evaziga erishildi.
“Ommaviy madaniyat”ning ma’naviyatimizga, badiiyatimizga tahdid solishida dastlab ommaviy axborot vositalari asosiy rolni o’ynadi. Globallashuv tufayli sanoat asosiga ko’chirilgan, saviyasi past ommaviy madaniyat mahsulotlarini ko’paytirish va sotish bo’yicha qudratli tizim yaratildi. Endi istagan do’kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo’shiq, klip audio-videotasmasini topish mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo’ladigan, yengil-yelpi ijod bilan tanilgan yosh san’atkorlar paydo bo’ldi. o’zlari shoir, o’zlari bastakor, o’zlari ijrochi bo’lgan, maxsus musiqiy bilimi bo’lmagan ko’plab guruhlar paydo bo’ldi va ular o’z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday siyqasi chiqqan, lekin ma’lum ma’noda “o’z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar bilan yuzma-yuz turibdilar.
Bunday vaziyatda badiiy havaskorlik to’garaklari “ommaviy madaniyat”ning yoshlar didini siyqalashtirib, jo’nlashtirib yuboruvchi buzg’unchi ta’sirga qarshi faoliyat olib borish lozim.
Yüklə 28,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin