Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari


H U J J A T V A U N I N G T U R L A R I



Yüklə 127,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü127,6 Kb.
#185547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tKOyxvgpcOjaHloHfGRlhPaX6RWta4e5DsVDNDOa

H U J J A T V A U N I N G T U R L A R I
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy jismlarga bitilgan
ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat
beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi
va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX
asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan
tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi
qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka
erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq
ravishda
idoraviy ish yuritish
qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va
boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan
muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa,
ichki hujjat
hisoblanadi. Ayni
muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa
tashqi hujjatlar
sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki
mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar
xizmat hujjatlari
(buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma
kabi)ga kiradi.


Shaxsiy hujjatlar
alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki
jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Mazmuniga ko‘ra:
-
sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;
-
murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
-
xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin bayon;
-
namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan
matnlarni o‘z ichiga oladi;
-
qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy
qismlarining ketma-ketligiga,

Yüklə 127,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin