Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
—
hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi,
otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan:
Xizmat safari haqida;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi,
harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli so‘z
va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli
so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan
foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
— muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan
birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z o‘rniga
to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq
ko‘rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov
kabi
Buyruq shakli
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0
№________
joyi
BUYRUQ
Asoslovchi (kirish) qismi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
BUYURAMAN:
1. _______________________________________________________________
2. _______________________________________________________________
3. _______________________________________________________________
4. _______________________________________________________________
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish ______________________________ zimmasiga
yuklatilsin.
(lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi)
Rahbar: (imzo)
I. O. Familiyasi
|