Ommaviy axborot vositalari. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 127,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü127,6 Kb.
#185547
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tKOyxvgpcOjaHloHfGRlhPaX6RWta4e5DsVDNDOa

T A R J I M A Y I H O L
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv
tarjimayi hol
deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif
tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
2. Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.


3. Sana.
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni
ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi
kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.
T A R J I M A Y I H O L 
Men, Sobirov Nodir Nozim o‘g‘li, 1985-yil 27-iyunda Buxoro shahrida 
xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Sobirov Nozim viloyat yo‘l qurilishi 
boshqarmasining bosh muhandisi, Onam – Nomozova Nasiba 18-o‘rta maktabda 
o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. Oilada 4 kishimiz. Ukam – Nasim 7- sinfda o‘qiydi. 
1992-yildan 2002-yilgacha Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. 
Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga 
juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. 
Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman. 
9-sinfni tugatib, 2002-yilda Buxoro davlat universitetining akademik 
litseyiga o‘qishga kirdim. 
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy. 
(imzo) 
N. Sobirov. 
2002-yil 21-may 



Yüklə 127,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin