«Ommaviy madaniyat» tub mohiyatiga ko‘ra milliy madaniyatlarning kushandasidir



Yüklə 20,85 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü20,85 Kb.
#117197
Madaniyat deganda xalqimiz azal azaldan e


Madaniyat deganda xalqimiz azal azaldan e'zozlab, avaylab kelayotgan milliy va diniy qadriyatlarimiz bevosita xayolimizga keladi. Erkaklarimizning mardligi, oilasiga sodiqligi, oilasi, vatani, dinu diyonati uchun jon jaxdi bilan kurashishligi, mushtipar ayollarimizning o‘z odob-axloqlari, hayolari oilasi va farzandlari uchun jon kuydirganliklari natijasida dunyoni lol qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz dunyoga kelganlarini tarixdan yaxshi bilamiz.


Demak, madaniyatli, odobu axloqli, dinu diyonatli oilada dunyoga kelgan farzand, albatta u ham huddi ota-onasi kabi odobli bo‘lib tarbiya topadi.
Endi biz aytayotgan yoki jon kuydirib, salbiy oqibatlarga yetaklovchi, xalqimiz ma'naviyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan “ommaviy madaniyat” haqida to‘xtalib o‘tmqchimiz.
“Ommaviy madaniyat” o‘z ma'nosida emas, balki ko‘chma ma'noda ishlatilmoqda. Chunki u qo‘shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‘plab olimlarimiz ta'rif berishadi.
«Ommaviy madaniyat» tub mohiyatiga ko‘ra milliy madaniyatlarning kushandasidir.
«Ommaviy madaniyat» targ‘iboti eng avvalo islomiy qadriyat, axloqimizni g‘arb turmush tarzi, shaxs erkinligi, demokratiya niqobi doirasida talqin qilinadigan axloq (to‘g‘rirog‘i axloqsizlik) bilan almashtirishdir.
“Ommaviy madaniyat” asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi “moda”lari asosida boyib boradi. Go‘yoki kim o‘sha “moda”ga amal qilsa, u madaniyatli deb topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‘ladi. Aks holda u zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, “ommaviy madaniyat” bu – ommaviy “moda” niyat, ya'ni yangicha modani niyat qilish, kimgadir taqlid qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish demakdir.
Demak “ommaviy madaniyat” aynan madaniyat emas, balki madaniyat kushandasi, insonni inson qiyofasidan chiqaradigan bir kushandadir.
Muqaddas dinimiz chiroyli xulq va go‘zal odobga chaqiradi, zero sukli payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallam insonlarning eng go‘zal xulqlisi bo‘lganlar va ummatlarini shunday bo‘lishga chaqirganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Qaysi mo‘minning imoni komil hisoblanadi”, deb so‘rashganida: “Go‘zal xulqli mo‘minning”, deb javob berganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi: Badbaxtlik nima, yo Rasululloh?— Yomon xulq! Dedilar. (Imom Ahmad rivoyati).
Dinimiz, millatimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi ma'naviy, axloqiy-buzuqlik, tubanlik, zo‘rovonlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishligi mumkinligidan ogoh bo‘lish har birimizni burchimizdir. Lekin e'tirof etish kerakki, “ommaviy madaniyat” turmushimizga chet eldan keltirilayotgan tovarlarning pardoz, yorliq qog‘ozlaridagi rasmlarida so‘nggi modadagi liboslar, film, internet tarmoqlari orqali bilimsiz holda kirib kelmoqda va mazkur «madaniyat»ning xurujini hali hamma birdek anglab yetayotgani yo‘q. Achchiq haqiqat bo‘lsa ham shuni tan olish kerakki, ba'zi yoshlarimiz orasidagi g‘arbga mahliyo bo‘lish, o‘z milliyligidan begonalashish hislatlari shubhasiz, “ommaviy madaniyat”ning ta'siri natijasidir.
Yana shuni ta'kidlash joizki, xozirgi kunda g‘arb mamlakatlaridan kirib kelayotgan juda xam nafratlanadigan odatlar, tanasiga har xil rasmlarni chizdirish, ayanchlisi, xozirda bu xolat qizlar orasida ham juda keng avj olmoqda. Eng achinarlisi, ikkita bir xil jinsli insonlarning turmush qurishi, o‘z jinsini o‘zgartirish kabi xolatlar shular jumlasidandir. Vaholanki Alloh ta'olo o‘zining kalomida shunday deydi:
Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir”( ”Rum” surasi, 21-oyat).
Demak Allox barcha maxluqotlarini o‘z jinsidan bo‘lgan jufti bilan yaratgan ekan. Tarixdan juda yaxshi bilamizki, aynan ana o‘sha bir xil jinslik insonlarni bir birlari bilan aloqada bo‘lishligi yana xam aniqroq aytadigan bo‘lsak, besoqolbozlik, lo‘ttibozlik qilganliklari uchun Lut alayhissalomning qavmiga Alloh tomonidan qattiq balo yuborilgan.
Undan tashqari, xozirgi ba'zi yoshlarimizni kiyayotgan kiyimini ko‘rib uyalib ketasan kishi. Emishki, bu xozirgi moda. Endi modani xam chegarasi madaniyati mentaliteti bo‘ladi, axir. Aytinglarchi, tor shim kiyib tizza va sonlarini yirtib olib moda desa yoki kindigini ko‘rsatib kalta ko‘ylklar, kalta yubkalar kiyib olsalar, quloqlariga qatorlatib sirg‘a va burun- qoshlariga xalqalar taqib olishsa, buni xam madaniyatda deb, beparvo qarab o‘tiramizmi?
Demak xar bir ota-ona, xar bir men musulmonman degan inson, o‘z farzandlarini odob axloqiga, tarbiyasiga e'tibor berib, ana shunday yomon illatli oqimlar, guruxlar va sektalarga qo‘shilib qolishini oldin
Yüklə 20,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin