Страница
4 из
5
8.3 Boshqa hollarda, tomonlarning javobgarligi qonunda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
8.4 Shartnomani bajarilishiga ta’sir etuvchi holatlar, shuningdek, Hisobvaraqga noto’g’ri yuborilgan
mablag’lar, Bankka ilgari yuborilgan ma’lumotlarning o’zgarishi, tayinlangan vakilning
vakolatining tugatilishi to’g’risidagi xabarlar yozma ravishda vaqtidan kechikkan holda, yoki
to’liq bo’lmagan holda yozma xabar qilgan bo’lsa, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy
oqibatlar uchun javobgarlik to’lig’icha Mijozga yuklatiladi.
8.5 Mijoz tomonidan qonun hujjatlarining talablariga javob bermaydigan hujjatlar Bankka taqdim
etilganida, shuningdek Bankning Hisobvaraqlar yoki Mijozning Hisobvaraqlarida operatsiyalar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'xtatilgan taqdirda, Bank ushbu Shartnoma bo’yicha o’z
majburiyatlarini bajarmaganligi, yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun jarimalarni
to’lashdan ozod etiladi,.
8.6 Agar Bank ushbu Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishda tegishli darajada
ehtiyotkorlik bilan ish tutganligini isbotlasa, uchinchi shaxslarning kamchiliklari va xatolari
uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
8.7 O’zbekiston Respublikasining vakolatli organlari va tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan fors-
major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar ushbu Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni
bajarmaganliklari (lozim darajada bajarmaganliklari) uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar .
Bunga tegishli idoralar tasdiqlovchi harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar; banklararo elektron to’lov
tizimida yuzaga kelgan nosozliklar; Shartnoma shartlarini bajarishni imkonsiz qiladigan davlat
va ijro hokimiyatining hujjatlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: