Ommaviy oferta jismoniy shaxslarga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqni ochish va yuritish shartnomasi


  Mijoz Huquqlari va Majburiyatlari



Yüklə 281,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.10.2022
ölçüsü281,96 Kb.
#66619
1   2   3   4   5   6
mbGuR69TcvvN3pogpIQ7

6. 
Mijoz Huquqlari va Majburiyatlari 
Mijoz Majburiyatlari:  
6.1 Hisobvaraq ochish va Hisobvaraq bo’yicha operatsiyalarni bajarish uchun Bankka qonun 
hujjatlarida talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etish;
6.2 Bankning ish tartibiga, hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibiga, shuningdek Bank 
faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish;
6.3 Hisobvaraqga noto’g’ri kirim qilingan va / yoki Hisobvaraqdan noto’g’ri yechib olingan pul 
mablag’lari aniqlangan taqdirda, bu haqida Bankka darhol xabar berish;
6.4 Bank tomonidan taqdim etilgan xizmatlar haqini Bank Tariflariga muvofiq to’lash. Ushbu 
Shartnoma shartlarini qabul qilib, Mijoz Bank xizmatlari haqini to’lash uchun Hisobvaraqdan 
akseptsiz ravishda pul mablag’larini yechib olish uchun rozilik beradi.
6.5 Bank xizmatlari uchun haq to’lashga yetarli mablag’ mavjudligini ta’minlash. 
6.6 Bankning talabiga binoan, Hisobvaraqda amalga oshirilgan operatsiyalarning huquqiy 
me’yorlarga muvofiqligini tekshirish uchun, ushbu operatsiya yuzasidan zaruriy hujjatlar va 
ma’lumotlarni darhol taqdim etish.
Mijoz Huquqlari:
6.7 Hisobvaraqdan qonun hujjatlarining talablari va ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Bank 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanish;
6.8 Hisobvaraqdagi pul mablag’larini mustaqil boshqarish;
6.9 Hisobvaraqga pul mablag’larini pul o’tkazmasi, naqd pul yoki qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa shakllarda kiritish;
6.10 Amalga oshirilgan har bir tranzaksiya to’g’risida xabarnoma olish:
- “SMS Xabar” xizmatidan foydalangan holda (Mijoz “SMS Xabar” xizmatiga Arizada mobil 
telefon raqamiga tegishli ma’lumotlarni taqdim etgan holda ulangan bo’lsa);
- Mijoz so’roviga binoan Hisobvaraqdagi pul mablag’lari harakati to’g’risida ma’lumot olish 
orqali.
7. 
Bank xizmatlari uchun haq to’lash tartibi 
7.1 Mijozga ko’rsatilgan Bank xizmatlari (Mijoz topshirig’iga asosan, uning Hisobvarag’idan 
amalga oshirilgan to’lovlar) uchun haq tasdiqlangan Bank Tariflariga asosan undiriladi.;
7.2 Ushbu Shartnoma bo’yicha Bank tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun vositachilik haqi Bank 
tomonidan Hisobvaraq orqali operatsiyalar amalga oshirilganda akseptsiz ravishda 
hisobvaraqdan yechiladi, yoki Mijoz tomonidan Bank kassasiga naqd pul qo’yish yo’li bilan 
to’lanadi.
7.3 Tariflar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo’lib, Bank tomonidan bir tomonlama tartibda 
o’zgartirilishi mumkin. Bank va Mijoz o’rtasida yozma ravishda rasmiylashtirilgan alohida 
kelishuv bundan mustasno. 
7.4 Mijozning Hisobvarag’ida qarzdorlik yuzaga kelsa va u Bank mijozi bo’lgan Yuridik shaxsning 
xodimi bo’lsa, Bank yuridik shaxsning so’roviga binoan, qarzdorlikni ushbu yuridik shaxsning 
Hisobvarag’idan undirish huquqiga ega.
7.5 Bank Hisobvaraq harakati ko’chirmasida tegishli xizmat bilan bog’liq haqlarni undirish 
to’g’risidagi ma’lumotni kiritishi shart. 

Yüklə 281,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin