Ommaviy oferta jismoniy shaxslarga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqni ochish va yuritish shartnomasi


  Bank Huquqlari va Majburiyatlari



Yüklə 281,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.10.2022
ölçüsü281,96 Kb.
#66619
1   2   3   4   5   6
mbGuR69TcvvN3pogpIQ7

5. 
Bank Huquqlari va Majburiyatlari 
Bank Majburiyatlari:
5.1 Mijoz ushbu Shartnomaning 4.1 bandida ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan keyingi ish 
kunidan kechikmagan holda Hisobvaraqni ochish; 
5.2 Mijozga Bank xizmatlari bo’yicha zarur ma’lumot va maslahatlarni berish, hamda operatsiyalar 
bajarilganligini tasdiqlovchi zaruriy hujjatlarni taqdim etish;
5.3 Mijoz Hisobvarag’iga kelib tushgan pul mablag’larini, ular bankka kelib tushgan kundan keyingi 
ish kunidan kechiktirmagan holda kirim qilish; 
5.4 Mijozning talabiga binoan Hisobvarag’idagi pul mablag’lari qoldig’i doirasida naqd pul shaklida 
berish; 
5.5 Mijozning so’roviga binoan, Hisobvaraq haqidagi ma’lumot, shuningdek mavjud Tariflar va 
xizmat ko’rsatish shartlarini taqdim etish;
5.6 Bank sirini tashkil etuvchi Hisobvaraq haqidagi ma’lumot, Hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar va 
Mijoz to’g’risidagi ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash. Ushbu ma’lumotlar faqat 
Mijozning o’ziga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq uchinchi shaxslarga berilishi mumkin; 
5.7 Bank Hisobvaraqdagi mablag’larning saqlanishi va daxlsizligini kafotlaydi. Hisobvaraqdagi 
mablag’larga band solish, yoki Hisobvaraq bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish faqat 
qonunda nazarda tutilgan hollardagina amalga oshirilishi mumkin.
Bank Huquqlari:  
5.8 Mijoz qonunni buzganligi haqida dalillar mavjud bo’lgan taqdirda, hisob-kitob va kassa 
operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishi;
5.9 Hisobvaraqdan pul mablag’larini akseptsiz va / yoki so’zsiz ravishda hisobdan chiqarish;
- Shartnoma shartlariga muvofiq Bankka tegishli pul mablag’larini undirishda;
- Hisoblangan foizlar va / yoki komissiya yig’imlarini undirishda; 
- Bank va Mijoz o’rtasida tuzilgan boshqa Shartnomalarga muvofiq, Hisobvaraqdan pul 
mablag’larini so’zsiz ravishda hisobdan chiqarish; 
- Ijro hujjatlari asosida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda;
5.10 Hisobvaraq bo’yicha operatsiyalarda, Hisobvaraqni tasdiqlashda, Hisobvaraq bo’yicha 
ko’chirma va / yoki boshqa ma’lumot bilan bog’liq xatolar aniqlangan taqdirda, Bank Mijozning 
roziligisiz Hisobvarag’iga mablag’ni kirim yoki chiqim qilishi orqali tuzatishlar qilishga 
haqlidir;
5.11 Bank operatsiyalarini o’tkazish paytida Mijozda Bank komissiyalarini to’lash uchun yetarli pul 
mablag’i bo’lmasa, Bank Mijozga xizmat ko’rsatishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi; 
5.12 Shartnomaning 9.11-bandiga muvofiq, Mijozni oldindan xabardor qilgan holda Tariflar va ushbu 
Shartnomaga o’zgartirishlar va / yoki qo’shimchalar kiritishi mumkin;
5.13 Mijozdan shaxsini aniqlash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab 
qilish, Mijozdan Hisobvaraq orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar to’g’risida ma’lumotlarni, 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va 
ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi 
qonun hujjatlari talablariga muvofiq qo’shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega;
5.15 Bank tomonidan Mijozning Hisobvarag’ini yuritish vaqtida, Mijoz tomonidan shubhali 
operatsiyalar o’tkazganligi aniqlangan taqdirda va tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan 


Страница 3 из 5 
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini 
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalariga asoslangan 
holda, Mijoz o’tkazgan operatsiyalarining qonuniyligi to’g’risida yozma tushintirish berguniga 
qadar, Bank bir tomonlama Shartnomani bekor qilishi, Hisobvaraq yuritishni vaqtincha to’xtatib 
turishi yoki xizmatlar taqdim etilishini rad etishi mumkin. 

Yüklə 281,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin