9.
Shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlari
9.1 Ushbu Shartnoma Hisobvaraq ochish uchun Ariza topshirilgandan va barcha zarur hujjatlar
taqdim etilgandan keyin kuchga kiradi va noma’lum muddatga amal qiladi.
9.2 Mijoz istalgan vaqtda yozma Ariza asosida Shartnomani bekor qilishga va Hisobvaraqni
yopishga haqli. Mijozning barcha to’lov majburiyatlarini to’lash muddati va ularni amalga
oshirish, Shartnomani bekor qilish va Hisobvaraqni yopish uchun Ariza berilgan sanaga bog’liq
holda amalga oshiriladi. Shartnomani bekor qilish Mijoz Hisobvarag’ini
yopish uchun asos
bo’ladi.
9.3 Agar Mijoz oxirgi 12 oy ichida Hisobvaraq bo’yicha hech qanday operatsiyalar amalga
oshirmagan bo’lsa, Bankning talabiga binoan O’zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligi talablari asosida Shartnoma bekor qilinishi mumkin.
9.4 Hisobvaraqni yopish paytida, Hisobvaraqdagi qolgan pul mablag’i, agar Bank oldida qarzdorligi
bo’lmasa, Mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha
boshqa Hisobvaraqga, Mijozdan
yozma Ariza olingan kundan keyin 5 (besh) ish kunidan kechiktirmagan holda o’tkaziladi.
9.5 Bank Mijoz Arizasida ko’rsatilgan telefon (mobil) raqamiga Mijozning Hisobvarag’ida amalga
oshirilgan operatsiyalar to’g’risida Bank tomonidan SMS Xabar orqali ma’lumot (xabarnomalar)
yuborilishini o’z ichiga olgan xizmatni taqdim etadi (keyingi o’rinlarda “SMS Xabar” xizmati).
9.6 Mijoz ma’lumot uzatish kanallari har doim ham xavfsiz emasligini bilgan holda ma’lumotni
SMS Xabar orqali jo’natilishiga rozi bo’lib, bunday uzatish kanallari har doim ham xavfsiz
emasligini biladi va bunday axborot uzatish kanallaridan foydalanish
natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan maxfiylikni buzilishi bilan bog’liq barcha xavflarni o’z zimmasiga olishga rozi.
9.7 “SMS Xabar” xizmati orqali Bank Mijozning Hisobvarag’iga quyidagi operatsiyalar to’g’risida
xabarnomalarni yuborishi shart:
- Mijozning Hisobvarag’iga mablag’larni kirim qilish;
- Mijozning Hisobvarag’idan mablag’larni o’tkazish;
- Mijoz Hisobvarag’idagi qoldiq.
9.8 “SMS Xabar” xizmati orqali Bank Mijozga quyidagi xabarnomalarni yuborish huquqiga ega,
ammo majburiyati yo’q:
- Mijozga yangi hujjatlarni kelishi;
- umumiy axborot xabarlari (yangi xizmat turlari va boshqalar)
- shaxsiy axborot xabarlari.
9.9 Mijoz SIM-kartani (Bankdan SMS Xabar qabul qilish uchun ko’rsatilgan telefon raqami) boshqa
shaxslar olishga imkoni bo’lmagan joyda saqlashi va uni boshqa shaxslardan shu jumladan
Mijozning Hisobvarag’ini/ Hisobvaraqlarini boshqarish uchun ishonchnomasi bo’lgan shaxslarga
Страница
5 из
5
ham bermaslik majburiyatini oladi. Mijoz tomonidan SIM-karta yo’qotilgan hollarda,
Mijoz
Bankka “SMS Xabar” xizmatini blokirovka qilish yoki “SMS Xabar” xizmatidan voz kechish
to’g’risida yozma ravishda murojaat qiladi.
9.10 Agar Mijoz “SMS Xabar” xizmatini yoqishdan bosh tortsa va Mijoz Bank tomonidan
ko’chirmalar yuborilishini rad etsa, uch kalendar oyi mobaynida
kamida bir martta Mijoz
Bankka shaxsan murojaat qilgan holda o’z Hisobvarag’idan ko’chirmani qog’oz nushasida olishi
va (yoki) Bankning masofaviy Bank xizmati “Internet Banking” yoki “MultiPay” mobil ilovasi
orqali olishi lozim.
9.11 Bank Tariflarga va ushbu Shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritsa, Bank Mijozga
ushbu o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritilishidan 10 (o’n) kalendar kun oldin quyidagi
usullardan biridan foydalangan holda xabardor qiladi:
- Bank ofislarida ma’lumotlar taxtasida Tariflarga va Shartnomaga o’zgartirishlar va / yoki
qo’shimchalar kiritilganligini joylashtirish orqali;
- Bankning veb-sayti www.kdb.uz da Tariflarga va Shartnomaga o’zgartirishlar va / yoki
qo’shimchalar kiritilganligini joylashtirish orqali;
- “Internet Banking” (Yangiliklar bo’limida) tizimida yoki “MultiPay” xizmati orqali Tariflarga
va Shartnomaga o’zgartirishlar va / yoki qo’shimchalar kiritilganligini joylashtirish;
- Bank o’zining xohishiga ko’ra, boshqa yo’l bilan.
9.12 Bank tomonidan Tariflarga va ushbu Shartnomaga kiritilgan o’zgartirish / qo’shimchalar
to’g’risida Mijoz tomonidan e’tirozlar 10 (o’n) kalendar kun ichida kelmasa,
ushbu
o’zgartirishlar / qo’shimchalar Mijoz tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. Mijoz Tariflar va
ushbu Shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar bilan rozi bo’lmaganda, Mijoz
ushbu Shartnomada belgilangan tartibda bunday o’zgartirishlar / qo’shimchalar kuchga kirguniga
qadar Shartnomani bekor qilishga haqli.
9.13 Mijozning Hisobvarag’iga oid barcha xabarnomalar yozma ravishda o’zbek, yoki rus, yoki ingliz
tillarida beriladi.
9.14 Ushbu Shartnomaning 9.11-bandiga muvofiq taqdim etilgan xabarnomalar, quyidagi sanalarda
qabul qilingan hisoblanadi:
- Bankning veb-sayti (www.kdb.uz) da yoki Bank binosida yoki “Internet Banking”
tizimida
joylashtirilgan bo’lsa – xabarnoma joylashtirilgan sana.
- “SMS Xabar” xizmatidan foydalanilganda – xabarnoma yuborilgan sana.
9.15 Agar Mijoz passport ma’lumotlarini, manzilini va mobil / shahar telefon raqamini o’zgartirsa, u
darhol bu haqida Bankni xabardor qiladi, lekin har qanday holatda ham, bunday
o’zgartirishlardan 5 (besh) kalendar kunidan kechikmagan holda bo’lishi lozim.
9.16 Mijoz tomonidan boshqa shaxslar bilan hisob-kitob qilish bo’yicha o’zaro da’volar Bank
ishtirokisiz ko’rib chiqiladi.
9.17 Shartnoma O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va tartibga
solinadi.
9.18 Hisobvaraqni yuritish va Bank operatsiyalari bilan bog’liq Bankning barcha majburiyatlari faqat
“KDB Bank O’zbekiston” AJ o’z zimmasiga oladi.
9.19 Ushbu Shartnomani bajarishda yuzaga keladigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar, mumkin
qadar Tomonlar o’rtasidagi muzokaralar orqali hal qilinadi.
Hech qanday kelishuvga
erishilmagan nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda
hal qilinadi.
YURIDIK MANZIL VA BANK REKVIZITLARI
“KDB Bank O’zbekiston” AJ
Manzil: Toshkent sh., Mirobod t., Buhoro ko’ch., 3 uy.
Bank rekvizitlari: h/r 19907000600000842001
MFO: 00842, STIR: 202167236, IFUT: 64190, KTUT: 16518153
Tel. +99878 120-80-00