7.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga
kiradi.
7.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha
qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi.
7.7. FORS-MAJOR HOLATLAR
7.7.1. Agar shartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga
kelgan suv
toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa,
taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman
bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod
qilishi uchun bu fors-m
ajor holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
to‘sqinlik qilgan bo‘lishi lozim.
7.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
7.8.1. Taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
7.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib
berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bund
a penyaning
umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi
lozim.
7.
8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit
qarzdorligining har bir kechiktirilgan kun uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit
qoldig‘i
summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
7.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada plastik
karta hisob raqamini ochilgan bank filiali joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
7.8.5. Mazkur sh
artnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li
bilan bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan
shartnoma bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: