6.23.
Agar karta egasi bank kartasi buzilganligi to‘g‘risida Bankni xabardor
qilmasa/xabar bermasa,
Bank moliyaviy yo‘qotishlar va operatsiyalar uchun javobgar
bo‘lmaydi. Karta egasi tomonidan Bank og'zaki yoki yozma ravishda
komprometatsiya xaqida xabardor qilingan taqdirda, Bank faqat bank kartasini
blokirovka qilish choralarini ko'radi.
6.24. Bank kar
tasini ochish va unga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun karta egasi Bank kabi javobgar
bo’ladi.
6.25. Agar tomonlardan biri bank kartasini ochish va unga xizmat ko‘rsatish
to‘g‘risidagi shartnomani shartl
arini buzsa, ikkinchi tomon buning uchun javobgar
bo‘lmaydi.
6.26. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan hollarda tomonlarning javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
6.27. Tomonlarning bank
kartasini ochish va unga xizmat ko‘rsatish shartnomasini
bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha nizolarni muzokaralar yo‘li bilan ko‘rib
chiqiladi, tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmasalar, nizo bankni ro'yxatdan o'tgan
joyidagi fuqarolik sudiga yuboriladi.
6.28. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish shartnomasi mijoz tomonidan
qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va tomonlardan birining tashabbusi
bilan yoki sud qarori bilan bekor qilinmaguncha amal qiladi.
6.29. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish shartnomasi tomonlardan
birining tashabbusi bilan, shartnomani bekor qilishdan 30 kun oldin yozma ravishda
xabardor qilingan holda yoki boshqa tomonning masofaviy aloqa kanallari orqali
bekor qilinishi mumkin, agar: Bank tomonidan karta egasi nomiga chiqarilgan barcha
Kartalar ish holatida bankka qaytariladi; Egasi ushbu Shartnoma bo'yicha Bank
oldidagi barcha majburiyatlarini bajarganida; Egasining bankdan qarzi yo'q bo’lgan
holatda.
6.30. Bank kartasini ochish va unga xizma
t ko‘rsatish shartnomasi bekor qilingandan
so‘ng Kartani chiqarganlik uchun yig‘im, operatsiyalar uchun komissiya va Bank
tarifiga muvofiq boshqa to‘lovlar Egasiga qaytarilmaydi.
Dostları ilə paylaş: