Ommaviy oferta shartnomasi



Yüklə 365,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix09.08.2023
ölçüsü365,37 Kb.
#138992
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
agrobank oferta uz

9.
 
OMMAVIY OFERTA KAFILLIK SHARTNOMASI 
Bir tomondan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki (bundan buyon matnda “BANK” 
deb yuritiladi) 2017 yil 21 oktyabrdagi 78-raqamli Litsenziyaga asosan faoliyat 
ko‘rsatuvchi bir tomondan va jismoniy shaxs bundan buyon matnda “KAFIL” deb 


yuritiluvchi ikkinchi tomondan va uchinchi tomondan O‘zbekiston Respublikasining 
rezidentlari (bundan buyon matnda “QARZ OLUVCHI” deb yuritiladi) ushbu 
shartnomani (bundan buyon matnda “SHARTNOMA” deb yuritiladi) quyidagilar 
to‘g‘
risida tuzdilar: 
9.1. SHARTNOMA PREDMETI 
9.1.1. Qarz oluvchi bankdan olgan ____________________________ 
(__________________ _______________________________) so‘m miqdoridagi 
onlayn mikroqarz (shartnomada “kredit” deb ataladi)ni o‘z vaqtida qaytarish 
to‘g‘risidagi majburiyatini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda, “KAFIL” 
“BANK”ning birinchi talabiga binoan kredit bo‘yicha to‘lovlar, unga hisoblab yozilgan 
penya va foizlar hamda kredit majburiyatini o‘z muddatida bajarish bilan bog‘liq 
xarajatlarni 
pul mablag‘lari yoki likvidli mol
-
mulki bilan so‘zsiz to‘lash majburiyati va 
javobgarligini o‘z zimmasiga oladi.
9.2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
9.2.1. “KAFIL” quyidagi majburiyatlarni oladi:

qarz oluvchi kafillik bilan taʼminlangan majburiyat
ni bajarmaganda yoki lozim 
darajada bajarmaganda bankning birinchi talabiga binoan kredit asosiy qarzi va 
hisoblangan foizlarni qarz oluvchining kredit shartnomasidagi majburiyatida 
belgilangan muddatlar va miqdorlarda bankka to‘lash;

“BANK” oldida qarz oluvchi sifatida to‘liq hajmda javob berish, shu jumladan, 
foizlarni to‘lash, qarzni qaytarish bo‘yicha sud chiqimlarini hamda qarz oluvchining 
majburiyatini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tufayli “BANK” ko‘rgan 
boshqa zararlarni to‘lash, kredit hamda unga hisoblangan penya va foizlarni to‘lash 
haqidagi talabini so‘zsiz ijro qilish;

pul mablag‘lari bo‘lmasa yoki yetarli bo‘lmasa “KAFIL” kredit bo‘yicha to‘lovlar va 
unga hisoblab yozilgan foizlarni likvidli mol-
mulki bilan to‘lash;
- plastik ka
rtasi almashtirilgan taqdirda, 3 (uch) kunlik muddat ichida “BANK”ni 
xabardor qilish. 
9.2.2. “KAFIL” quyidagilarga haqlidir:

qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatlarini bajargandan so‘ng qarz oluvchidan 
barcha qilingan xarajatlarni “KAFIL” bank talabini qondirgan hajmda to‘lashni talab 
qilish; 

qarz oluvchidan foizlarni bankka to‘langan summada to‘lashni va qarz oluvchi 
uchun javobgarlik munosabati bilan ko‘rilgan boshqa zararlar o‘rnini qoplashni talab 
qilish; 
- qarz oluvchi tomonidan kredit majburi
yatlarining bajarilishi to‘g‘risida bankdan 
maʼlumot talab qilish;


9.2.3. Qarz oluvchi quyidagi majburiyatlarni oladi: 

Bank oldidagi kafillik bilan taʼminlangan o‘z majburiyatlarini bajarish paytida bu 
haqda darhol “KAFIL”ga maʼlum qilish;

“KAFIL”ga uning barcha qilgan chiqimlarini “KAFIL” bank talabini qondirgan hajmda 
to‘lash.
9.2.4. “QARZ OLUVCHI” quyidagilarga haqlidir:

“KAFIL”ga nisbatan daʼvo taqdim etilganda ishda ishtirok etish;

kafillik shartnomasi bo‘yicha daʼvoni ko‘rishda bank talabiga qarshi eʼtirozlar 
bildirish. 
9.2.5. “BANK” quyidagi majburiyatlarga ega:

“KAFIL”ga qarzdor tomonidan kredit majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risida maʼlumot 
taqdim etish. 

“QARZ OLUVCHI” shartlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda,
muddati o‘tgan kredit qarzdorligi “KAFIL”ning plastik karta hisobraqamidan yechib 
olinishi haqida ogohlantirish berish.
9.2.6. “BANK” quyidagi huquqlarga ega:
- kredit majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda tezkorlik 
bilan 
“KAFIL” va qarz oluvchidan qarzdorlikni qaytarishni talab qilish, uning talabi bir 
oylik muddat ichida bajarilmaganda qarz majburiyatlarini qonunda belgilangan 
tartibda majburiy ijro qildirish; 
- qarz oluvchitomonidankredit shartnomasidagi majburiyat bajarilmaganda yoki 
lozim darajada bajarilmagan holatda “KAFIL”ning oylik ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‘lovlar hisobdan undirish maqsadida uning plastik karta 
hisobraqamidan to‘lov summasi barobarida mablag‘larni yechib olish.
9.3. KAFILLIKNI IJRO QILISH TARTIBI 
9.3.1. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi majburiyatlari bajarilmaganda 
yoxud lozim darajada bajarilmaganda, “KAFIL” bankning SMS
-xabarnomasini olgach, 
3-ish kunida ixtiyoriy ravishda qarz oluvchining ijro qilinmagan pul majburiyatlarini 
bajaradi. 
9.3.2. “KAFIL” majburiyatni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda, 
shuningdek bajarilishini kechiktirganda yoxud bajarishdan bosh tortganda amaldagi 
qonunchilik talablari va ushbu shartnomaning 5-bandiga binoan mulkiy javobgarlikka 
tortiladi. 
9.3.3. Qarz majburiyatini bajarishni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanadi.
9.4. KAFILLIKNING BEKOR QILINISHI 


9.4.1. “KAFILLIK” quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:

kafillik shartnomasi bilan taʼminlangan asosiy majburiyat to‘liq bajarilganda;

kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar bekor bo‘lganda, kafilning roziligisiz 
javobgarlikni kuchaytirishga yoki uning uchun noxush oqibatlarga olib keladigan 
tarzda ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda;
- kredit majburiyatlarini bajarish muddatlari tugagan kundan boshlab bir yil 
mobaynida “KAFIL”ga nisbatan “BANK” daʼvo qo‘zg‘atmagan taqdirda.
9.5. TARAFLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 
9.5.1. Taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda 
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi. 
9.5.2. “KAFIL” bankning talabini ijro qilishdan bosh tortganda, “KAFIL” “BANK”ka o‘zi 
to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 25 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
9.5.3.
Taraflarning biri boshqa tarafning oldida ushbu shar
tnoma bo‘yicha olgan 
majburiyatlarini fors-
major holatlarda, yaʼni, taraflarning erki va istagidan tashqari 
vujudga kelgan hamda ularni oldindan ko‘ra bilish yoki bartaraf etish mumkin 
bo‘lmagan holatlar (yer qimirlash, suv toshqini, yong‘in va boshqa tabi
iy ofatlar)da 
bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar.
9.5.4. Taraflarning majburiyatni bajarishdan ozod qilinishi uchun bu fors-major 
holatlar majburiyatning bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan bo‘lishi 
lozim va buni asoslantiruvchi hujjatlarni bankka taqdim qilishlari lozim. 
9.5.5. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. 
9.5.6. Mazkur shartnomani bajarish yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar 
muzokara yo‘li bilan hal etiladi. Muzokara yo‘li bilan hal etilmagan taqdirda, barcha 
nizolar sud orqali hal etiladi. 
9.
5.7. Mazkur shartnomani ijro etish bo‘yicha har qanday sud instansiyasida bank 
taqdim etgan hu
jjat, ushbu qarzdorlik summasi bankka tegishliligi va to‘lanishi 
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi. 
9.5.8. Hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmasa yoki yetarli bo‘lmasa “KAFIL” kredit 
bo‘yicha to‘lovlar va unga hisoblab yozilgan
foizlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Banklarning kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda 
undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tarti
bi”ga asosan likvidli mol
-
mulkining olinishiga qarshilik qilmaydi. 


9.5.9. Ommaviy oferta shartnomasi akseptlangandan so‘ng kuchga kirib, bank va 
mijoz o‘rtasida tuzilgan boshqa qog‘ozdagi shartnomalar bilan teng yuridik kuchga 
ega hisoblanadi. 
9.6. SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI 
9.6.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga 
kiradi va olingan kreditlar, vositachilik haqlari, foizlar hamda unga doir penyalar 
to‘liq uzilgunga qadar amal qiladi.
9.6.2. Shartnoma taraflar uchun 
bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan uch nusxada 
tuzilib, “BANK”, “KAFIL” va qarz oluvchiga topshirildi.

Yüklə 365,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin