VI. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 6.1. Bank quyidagi huquqlarga ega: 6.1.1. Mijozga tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki
nazorat qoidalariga muvofiq mijozni o‘rnatilgan tartibda identifikatsiyalagan holda bank kartalarini
foydalanishga taqdim etish;
6.1.2. bank tariflarini mustaqil belgilash, bank kartasini chiqarish va unga xizmat ko‘rsatganlik uchun
xizmat haqini bank tariflariga muvofiq undirish;
6.1.3. mijozning bank karta hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larning asosliligini amaldagi
qonunchilik talablaridan kelib chiqib o‘rganish, zarur hollarda o‘tkazilayotgan amaliyotlar haqidagi
qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Mijozga murojaat qilish;
6.1.4. Mijozning shaxsiga oid maʼlumotlarni qayta ishlash;
6.1.5. ushbu shartnomaning 5.2. va 5.3-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlarni Mijozning roziligini
olmasdan amalga oshirish;
6.1.6. bank Mijozdan olingan axborotlar\hujjatlar ishonchliligiga shubhalar vujudga kelganida tegishli
tashkilotlarga murojaat qilish;
6.1.7. taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon yoki boshqa zaruriyat paydo bo‘lgan
taqdirda, hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish;
6.1.8. bank Mijoz tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmaganda,
atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq
Mijozdan so‘ralgan hujjatlarni taqdim etilmaganida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda
bank kartasi ochishni yoki bank kartasi bo‘yicha amaliyotlarni bajarishni rad etish (Bank karta hisobvarag‘iga
pul mablag‘larini kiritish amaliyotlari bundan mustasno);
6.1.9. bank karta hisobvarag‘i orqali shubhali amaliyot o‘tkazilganligi aniqlanganida, o‘tkazilgan
amaliyotning qonuniyligi to‘g‘risida Mijozdan yozma tushuntirish xati olinguniga qadar bank Mijozga xizmat
ko‘rsatishni to‘xtatib turish, shubhali amaliyot o‘tkazilishi natijasida bank karta hisobvarag‘ida shakllangan