Ommaviy oferta shartnomasi


bank kartasi blokirovkasi



Yüklə 489,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix09.06.2023
ölçüsü489,27 Kb.
#127822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
yangi taxrir oferta shartnoma

bank kartasi blokirovkasi –qoidalarga muvofiq bank kartasining nofaol holatga o‘tkazilishi; 
bank karta hisobvarag‘i – bank kartasi orqali pul mablag‘larini tasarruf etish mumkin bo‘lgan bank 
hisobvarag‘i; 
bank tarifi – bankning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan, bank kartalari orqali amaliyotlar 
amalga oshirilganda, bank kartalarini chiqarishda va ularni yangisiga almashtirib berishda va boshqa bank 
xizmatlarini ko‘rsatishda undiriladigan haq miqdorlarini belgilab berilgan hujjat; 
bankdan tashqari to‘lov tashkiloti – bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs (CLICK, PAYME, PAYNET va boshqalar); 
internet to‘lov – bank karta egasiga internet tarmog‘i orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish 
imkonini taqdim etish; 
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi – elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan 
foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani taʼminlaydigan telekommunikatsiya 
vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va uskunalar majmuasi; 
minimal balans qoldig‘i (sug‘urta depoziti) – bank karta hisobvarag‘ida saqlanishi majburiy bo‘lgan 
pul mablag‘larining minimal qoldig‘i; 
oferta – bank kartasidan foydalanish istagini bildirgan shaxslarga yuborilgan, yetarli darajada aniq 
bo‘lgan va Bank o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash 
niyatini ifoda etadigan taklif; 
PIN-KOD – Mijozning shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lib, u bank karta hisobvarag‘idagi pul 
mablag‘larini boshqarish huquqini hamda mablag‘larni boshqarishga Mijoz tomonidan ruxsat berilganligini 
tasdiqlaydi; 


 
 
Ichki meʼyoriy hujjat 

м
to‘lov tizimi – to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va\yoki to‘lov 
tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-tamoyillarini, 
infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni 
taʼminlaydigan munosabatlar majmuidir; 

Yüklə 489,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin