Ommaviy oferta («tbc bank» atb mobil ilovasidan foydalanish to‘g‘risida) Toshkent sh



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix12.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#68753
1   2   3   4   5   6
Contract PublicOffer Addition 8b873e09-ed7f-464a-96e6-285a155530b1

5.TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 
5.1. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
javobgar bo‘ladilar. 
5.2. Mijoz ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagani yoki lozim darajada 



bajarmagani oqibatida yuzaga kelgan har qanday ziyonlar yoki salbiy oqibatlar uchun shaxsan 
javobgar bo‘ladi. 
5.3. Mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini himoyalanmagan ulanishlardan foydalanuvchi yoki zarar 
yetkazuvchi dasturlar va ilovalar xavfi bo‘lgan qurilmaga kiritishda ularning saqlanishi uchun 
to‘liq javobgar bo‘ladi. 
5.4. Bank Shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmagani uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bu 
holat Mijoz tomonidan Shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibati bo‘lsa. 
5.5. Bank Mijoz ushbu Oferta shartlari bilan, shuningdek kredit mahsulotlari va ularni Ilovada 
faollashtirish shartlari bilan tanishib chiqmagan va (yoki) o‘z vaqtida tanishib chiqmasligi bilan 
bog‘liq Mijozda yuzaga kelgan har qanday ziyonlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 
5.6. Bank Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmagani uchun javobgar bo‘lmaydi, agar 
bunday holatlar Bank nazoratidan tashqarida bo‘lgan sabablar oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa. 
Bankning nazorat doirasi aynan Ilovaning ish qobiliyati bilan cheklanadi va uchinchi shasxlarning 
aybi bilan, yoki davlat organlari yoki sud hokimiyati tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlar 
natijasida yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 
5.7. Ilovaning barcha axborot oqimi, xususan talab bo‘yicha yoki Ilova orqali taqdim etiladigan, 
kirish mumkin bo‘lgan barcha kontent, dasturiy ta’minot, funksional, materiallar va axborotlar 
“boricha” ya’ni hech bir o‘zgartirishlarsiz, hech qanday olib tashlash va to‘ldirishlarsiz taqdim 
etiladi. 
5.8. Bank Ilovadan foydalanish mumkin bo‘lgan xizmatlar yoki kontent, materiallar, axborotlar va 
funksional bo‘yicha yoki ushbu Shartnomada ko‘zda tutilmagan usullar bilan Ilovadan foydalanish 
yo‘li bilan maxfiy ma’lumotlarni uzatish orqali yuzaga kelgan har qanday himoya buzilishlari 
bo‘yicha hech qanday va'dalar yoki kafolatlarni bermaydi.
5.9. Bank Mijoz oldida yoki uchinchi taraf oldida qanday holatda ro‘y bermasin, har qanday ziyon 
va yo‘qotishlar uchun, xususan, biroq cheklanmagan holda, Mijoz tomonidan Ilova orqali 
Sotuvchidan tovarlar (ish, xizmatlar)ning sotib olinishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan 
foydaning yo‘qotilishidan kelgan, obro‘siga putur yetkazilishi oqibatidagi yoki boshqa har qanday 
zararlar uchun, shuningdek, Ilova orqali olingan, sotib olingan yoki puli to‘langan istalgan tovar 
(ish, xizmat, axborot, kontent) uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.10. Har bir Tomon ushbu Shartnomada belgilangan javobgarlik uchun cheklovlar mavjud 
ekanini ikkinchi Tomon tan olgan holda Shartnomani imzolashini tushunadi va bu cheklovlar 
tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarning muhim asosi ekanini, bunda har ikki Tomon bunday holatlar 
taraflarning ongli nazoratidan tashqarida bo‘lgan sharoitlar oqibatida, ya’ni hukumatning maxsus 
xatti-harakatlari yoki terroristik harakatlar, zilzila, yong‘in, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy 
ofatlar, yana mehnat sharoitlari bilan, ta’minotdagi uzilishlar va Internetga ulanishdagi buzilishlar 
kabi vaziyatlarga bog‘liq yuzaga kelishi tufayli majburiyatlarning bajarilmasligi yoki 
kechiktirilishi uchun hech bir Tomon javobgar bo‘lmasligini tan oladi. 
6. INTELLEKTUAL (AQLIY) MULK
6.1. Ilova, uning tarkibi, tuzilmasi va dizayni Bankning mualliflik huquqi bilan to‘liq himoya 
qilinadi. Shuningdek, Bankning mutlaq huquqi Bank tomonidan yaratilgan va ro‘yxatga olingan 
har qanday Intellektual mulk, shuningdek, uning tovar belgilari uchun ham taalluqlidir. 
6.2. Bankning mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulki huquqlari mazkur Ilova uchun hamda 
uning to‘liq (mahsulotlar va xizmatlarni ham qo‘shgan holda) kontenti uchun ham taalluqli 
hisoblanadi.
6.3. Ushbu Shartnomadagi har qanday axborot/kontentlardan, Bank tomonidan yaratilgan logotip, 
znachok, grafik, surat, patent, xizmat/tovar belgisi, dizayn, vizual mediadan va boshqa intellektual 
mulkdan (ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan) ruxsatsiz foydalanish, qayta ishlash 
yoki chop etish (ijtimoiy tarmoqlarni ham qo‘shgan holda) Bankning oldindan yozma roziligisiz 



man etiladi. 
6.4. Ilovadagi Intellektual mulkka havola foydalanuvchi uchun uni qo‘llashga ruxsat taqdim 
etilganini anglatmaydi. Mijoz tomonidan tijorat maqsadlarida Ilovadan har qanday ma’lumotni 
yuklab olish (foydalanish) yoki ko‘chirib olish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini 
buzish deb tushuniladi. 
6.5. Ushbu Oferta qoidalarining birortasi ham Bankning ushbu bo‘limda ko‘rsatilgan intellektual 
mulkidan foydalanish uchun sizga huquq yoki ruxsatnoma bermaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin