5.3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan taraflar
ushbu shartnomani qog‘oz hujjatga tenglashtiradi va u bilan bir xil yuridik kuchga egaligini e’tirof etadi.
5.4. Operator Nizomda belgilangan tartibda auksion yoki tanlov natijalari to‘g‘risida
bayonnomani
QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi.
Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.
5.5. Buyurtmachilar tomonidan avtotransport vositalarini elektron savdo platformasidagi
elektron
onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berish natijasiga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi
kuchiga ega bo‘ladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
5.6. Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.
5.7. Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga auksion
natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali o‘tiladigan
havola
joylashtiriladi.
5.8. Bayonnoma auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa,
haqiqiy hisoblanadi.
5.9. Auksion g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, operatorning
muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin
5.10. Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan
auksion obyektlari
bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida
to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida
buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
5.11. Operator auksion yoki tanlov natijalari deb e’tirof etiladigan elektron bayonnoma (keyingi
o‘rinlarda – bayonnoma) asosida tuzilgan (tuziladigan) shartnomalarda taraf hisoblanmaydi hamda bunday
shartnomalarni rasmiylashtirishda ishtirok etmaydi.
5.12. Ijro hujjatlari bo‘yicha avtomototransport vositalarini sotish uchun o‘tkazilgan elektron
onlayn-auksion natijalari haqidagi
bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi
nomiga
ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi.
Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati
avtomototransport vositasining sobiq egasi zimmasida qoladi.
Dostları ilə paylaş: