Ommaviy oferta



Yüklə 314,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix22.09.2023
ölçüsü314,31 Kb.
#147339
1   2   3   4   5   6   7
microloan offer 12 uz (1)

KTQ-23,99% 
Mijoz tomonidan MBXK tizimi interfeysida “Grafik bo’yicha so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul 
mablag’lari jamg’arma hisobvaraqqa kirim qilinadi va to’lov muddati kelishi bilan jamg’arma 
hisobvaraqda mavjud bo’lgan summa doirasida, to’lanishi lozim bo’lgan summada Onlayn mikroqarzni 
so’ndirishga yo’naltiriladi. Bunda grafik bo’yicha so’ndirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
- asosiy qarzga hisoblangan foizlar; 
- asosiy qarz summasi. 
“Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi tanlanganda pul mablag’lari birinchi navbatda to’lov 
muddati yetib kelmagan amalda hisoblangan foizlarga, to’lovning qolgan qismi esa Onlayn mikroqarz 
bo’yicha asosiy qarzni so’ndirishga yo’naltiriladi. “Muddatidan ilgari so’ndirish” opsiyasi Mijozda 
Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik bo’lmaganda mavjud bo’ladi. MBXK tizimi orqali 
Onlayn mikroqarz so’ndirilganda hisoblangan foizlar grafik bo’yicha to’lovlar muddati kelganda 
so’ndiriladi. 
5.7. Mijoz Bank tomonidan Onlayn mikroqarz bo’yicha to’lovlar dastlabki arizani berishda Mijoz 
tomonidan ko’rsatilgan uning bank kartasidan, mobil hamyonidan va Bankda ochilgan istalgan 
hisobvaraqlaridan nizosiz tartibda yechib olinishiga o’z roziligini bildiradi. 
5.8. Onlayn mikroqarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlikni undirish Bank tomonidan asosiy qarz 
va foizlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik summasini mobil hamyondan, bank kartasidan va Bankda 
ochilgan istalgan hisobvaraqlardan nizosiz tartibda yechib olish yo’li bilan quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
- muddati o’tgan asosiy qarzga hisoblangan foizlar; 
- muddati o’tgan foizlar; 
- muddati o’tgan asosiy qarz. 
VI. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH 
TARTIBI 
6.1. Bank so’ndirilmagan Onlayn kredit bo’yicha mablag’larning qaytarilishini, barcha 
hisoblangan foiz to’lovlarini va boshqa qo’shimcha talablarni, shuningdek Mijoz tomonidan Bankka 
yetkazilgan barcha ziyon va zararlarni qoplanishini talab qilish huquqiga ega. 
6.2. Neustoykaning to’lanishi taraflarni ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan va 
huquqbuzarlikni bartaraf etishdan ozod etmaydi.
6.3. Mazkur Ommaviy ofertada nazarda tutilmagan Mijoz va Bankning javobgarlik choralari 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qo’llaniladi. 
6.4. Sug’urta tashkiloti tomonidan Bankka Onlayn mikroqarz bo’yicha Mijozning qarzdorligi 
bo’yicha sug’urta tovoni to’langanda, sug’urta tashkilotiga Mijozga nisbatan amaldagi qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq regress tartibda pul mablag’larini qoplashni talab qilish huquqi o’tadi. 
6.5. Ushbu shartnomadan yoki u bilan bog'liq holda kelib chiqadigan barcha nizolar va 
kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan o'zaro kelishuvlar yo'li bilan hal qilinadi. Nizolarni o'zaro 
kelishuvlar yo'li bilan hal qilish imkoni bo'lmagan taqdirda, barcha nizolar Bank yoki Filial joylashgan 
joydagi vakolatli sudda ko'rib chiqiladi. 

Yüklə 314,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin