International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org April 15 th -16 th 2022 207
beradi. “Alpomish” dostonida ham g’oz obrazi keltiriladi va Alpomish bilan uning savol-javobidan qushning
qanday ramzni ifodalashi ochiqlanadi:
“O’zginamni baland tog’dan juchirdim,
Pok bo’lmasa ajal to’nin bichirdim,
Nima qilay Xudoyimning hurmati,
Bo’zlab qolgan Boybo’rining hurmati,
G’arib bo’lgan yolg’izliging hurmati,
Qilgan gunohingni endi kechirdim”.
2
G’ozning Alpomoshga bergan javobidan ko’rinadiki, g’oz Alloh tomonidan Alpomishga yuborilgan
yordamchi, elchi bo’lib, u qahramonga muhim xabarni yetkazuvchi mifologik obrazdir. Omon Matjon ijodida
ham qushlar obrazi alohida o’rin egallaydi. Shoir ijodida sof satiric yoki yumoristik asarlar kam uchraydi.
Mana shu yo’sindagi she’rlarining ko’pchiligida qushlar asosiy qahramon qilib olinadi. Xususan, “Xafa
xo’roz”, “Hoy qarg’avoy” kabi she’rlari shular jumlasidandir. Shoirning “Sena bo’yida qush bozori” she’rida
erksizlik kuylanadi. Fransiyaning Sena daryosi bo’yida tashkil qilingan qush bozorida qushlarning har xil turi
borligi, ularning qaysisidir boshiga tushgan bu ishga ko’nikkan bo’lsalar, ba’zilarining bu ishdan afsusda
ekanliklari tasvirlangan. Bilamizki qushlar timsolida ozodlik, hurlik ramzi yoki yuksaklikka parvoz qilish
tushunchalari ifodalanadi. Shoirning bu she’rida esa qushlar erki cheklangan inson timsolida keladi. She’rning
so’ngi bandini esa kulminatsion qism desak mubolag’a bo’lmaydi:
Qush bozorin kezgan kishi
Bir hikmatni ko’p eslar:
Qushlar uchun hamma yerda
Bir xil ekan qafaslar…
3
Ushbu misralarda qush xoh shoh saroyida bo’lsin, xoh faqirning uyida bo’lsin qafasda yashasa, demak, u
uchun yashashining ma’nisi yo’q. chunki qushlar yuksaklarga parvoz etish uchun yaratilgan. Xuddi shunday
inson ham qayerda bo’lishidan qat’iy nazar uning erki o’z qo’lida bo’lmasa, hamma yer u uchun birday qafas
vazifazini o’taydi. “Fonteble qasri tovuslari” she’rida ham qushlar obrazi qollaniladi. Tovuslar obrazi orqali
ikki xil toifa insonlarni ochib beradi:
Qiziq, ichkarida ularga ne bor,
O’rgamchik rizqningmi yo ilinjida?
Yo bular ta’magir qavmdan yodgor,
Tinchgina kun ko’rgan saroy pinjida?
Ushbu misralar orqali shoir jamiyatdan ajralgan va o’z manfaatini o’ylaydigan’ moddiy manfaatlari yo’lida
yuqori tabaqa vakillari pinjida yashaydigan insonlar toifasi kuylanadi. Oxirgi bandda esa bosqinchilik, talon-
tarojlik avj olgan zamonlarda go’zallik va ilmning bir chetda qolishi kabi g’oyalar aks etadi:
Bu qushlarni ko’rib, jonu tanimdan
Bo’lak bezovtalik o’tdi va hadik:
Bosqinchi zobitlar anjumanidan
Doim tashqarida qolar go’zallik.
4
Shoirning “Haqqush qichqirig’i” to’plamidan o’rin olgan “Samandar” va “Muallaq to’rg’ay” she’rlarida ham
qushlar obrazi orqali shoir o’z hayot xulosalari, fikr-g’oyalarini ifodalaydi. Xususan, “Muallaq to’rg’ay”
she’rida sobiq mustabid tuzumning illatlari shahar qurish uchun uning poydevoirini yerdan emas, balki,
fazodan qo’yishni taklif etgan, keksa ajdodlarning hayotiy xulosalariga quloq solmagan va bu orqali necha
yillab umri samarsiz ketgan xalq, yer va samo o’rtasida muallaq qolgan avlod kuylanadi. Quyidagi misralar
esa bu fikrlarning tasdig’i bo’la oladi;
Daho to’rg’ay bir yuksakka
Chiqib turdi muallaq.
“Ishga olg’a, tez bo’l”larga
2
Alpomish. Aytuvchilar: Po’lkan shoir va Ergash Jumanbulbul o’g’li, yozib oluvchi: Muhammad Isa Ernazar o’g’li. Nashrga
tayyorlovchi: To’ra Mirzayev, Zubayda Husainova-T.,1998,131-bet.
3
Matjon Omon. “Ming bir yog’du”. T,. 1998, 39-bet.
.
4
Matjon Omon. “Ming bir yog’du”. T,. 1998, 43-bet