Oting qolar bo’lsa, mahgulik shudir.
Shakldosh bo’lib kelgan dastlabki gapdagi “ot” “kishining shaxsiy ismi, nom” ni va keyingi jumladagi “ot” esa “yakka tuyoqlilarga mansub yirik ish-ulov hayvoni” ni bildirib kelmoqda.
Oyto’ldining yakka-yu yagona farzandi bo’lib, uning ismi O’gdulmish edi. O’gdulmish bu paytda juda ham yosh edi. U o’g’lini yoniga chaqirib, ko’zlaridan duv-duv yosh to’kdi.
Yosh leksemasi ot so’z turkumiga oid omonim so’z bo’lib, mazkur o’rinlarda “qattiq o’g’riq, qayg’u yoki kuchli sevinch-shodlik va shu kabilar natijasida ko’z bezlaridan ajralib chiqadigan tiniq suyuqlik” va “tug’ilgan yillaridan boshlab yashab o’tkazilgan yillar jami, umr uzoqligi” (O’.T.I.L I tom. 264-bet) ma’nolarini bildiradi. Ushbu o’rinlarda adib shakldosh so’zlarni qo’llash bilan ma’noda noziklikni ta’minlagan va leksemalardagi shakl go’zalligiga ham e’tibor bergan.
Xizmatiga qarab xazinangni och, Yupunlar kiyinsin, to’yib olsin och. Dastlabki misaradagi och shakldosh-omonim so’zi fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lib, “o’ralgan, qoplangan, panalangan yoki ko’milgan narsalarni bekitib, o’rab, qoplab turgan narsalardan, olish-qo’yish yo’lini og’zini bekitib turgan tiqin, qopqoq, qulf va shu kabilarni surib qo’ymoq yoki olib tashlamoq” ma’nosini anglatsa keyingi misradagi och leksemasi esa “qornida, medasida ovqat qolmagan, ochiqib ovqat tusab qolgan, ochiqqan” ma’nosini bildiradi. Bu shakldoshlar baytda mazmundorlikni oshiruvchi vosita bo’lib, adibning so’z qo’llash mahoratini namoyon etib kelmoqda.
Bo’z yerning yuzini misday qizil qil,
Yam-yashi o’t o’ssin ham qirmizi gul.
Uchi o’t, uchi suv, uchtasi havo,
Uchi xok; shulardan paydo bu ma’vo.
O’t leksemasi asli shakldosh so’z sifatida uch xil ma’no anglatadi. Mazkur baytlarda esa o’t so’zining ikki xil ma’nosi yoritilgan. Shulardan dastlabki baytdagi o’t leksemasi ot so’z turkumiga kiruvchi so’z bo’lib, “poyasi yog’ochlashmaydigan, chorva mollari uchun asosiy yemish bo’ladigan yashil o’simlik; alaf” (O’.T.I.L II tom 517-bet) ni, ikkinchi baytdagi o’t leksemasi ham o’t so’z turkumiga tegishli so’z bo’lib, “yonish jarayoni; olov, otash” (O’.T.I.L II tom 516-bet) ni ko’rsatib kelmoqda.
Uch bahor yulduzi, uchtasi yozgi,
Uchi kuz, qishki ham shuncha deb yozgin.
Ushbu baytdagi yoz so’zining dastlabkisi, “yilning bahor bilan kuz o’rtasidagi eng issiq fasli” (O’.T.I.L I tom 253-bet) ma’nosini bildirib kelayotgan ot so’z turkumiga tegishli so’z hisoblanadi.Ikkinchi misradagi yoz leksemasi esa fe’lning buyruq –istak maylida turgan so’z bo’lib, “qog’oz yoki boshqa material yuziga biror belgi (harf, raqam va shu kabilar) tushirmoq, bitmoq” (O’.T.I.L I tom 254-bet) ma’nosini anglatmoqda va baytda ma’no jozibadorligini ta’minlovchi vosita bo’lib xizmat qilmoqda.
Shakldosh so’zlarning yana bir ko’rinishi bu- omoformalardir.
Shakli va talaffuzi bir xil ma`nosi har xil bo’lgan grammatik shakllarga omoforma deyiladi.
Omonim va omoformalar til va nutqda o’ziga xos uslubiy vositalar rolini bajaradi: misralarni qofiyalash, tuyuq va askiya janrlariga xos so’z o’yinini (tajnisni) ta`minlaydi, shu asosda badiiy asarga husn bag`ishlaydi.2 Masalan:
Erkim so’z vahjidan taxtga egadir, So’zkim, er boshini pastga egadir.
Misrada qo’llangan birinchi egadir so’zi-ega/fel/dir- kesimlik qo’shimchasi bo’lib bo’lmoq ko’makchi fe’li o’rnida qo’llangan(“qo’lidagi,ixtiyoridagi, izmidagi narsaga ega bo’luvchi; xo’jayin, sohib”) (O’TIL.II.437-bet)shaklidan, ikkinchi qo’llangan egadir(eg (fe’l)+ adife’llardagi shaxs-son qo’shimchalarining III shaxsi qo’shimchasi/r/qofiyani shakllantiruvchi tovush(ko’chma”qaddini bukmoq, bukchaytirmoq”) (O’TIL.II.438-bet) dan iborat.ushbu leksemalar baytda keltirilishi natijasida ohangdoshlikni yuzaga keltirib, ma’nodagi noziklikni ta’minlamoqda va adibning so’z qo’llash ma’horatini yana bir bor namoyon etmoqda.
Aytish mumkinki, Yusuf Xos Hojib omonimlarni mahorat bilan qo’llay olgan, omonim qo’llash talabini ham yuksak darajada uddalagan. Bu esa uning asarini boyitib, mazmundorligini oshirib, asar leksikasidagi ma’no rang-barangligini ta’minlab kelmoqda.