Omonimlarning uslubiy xususiyatlari


Omonimiya va uning yuzaga kelish sabablari



Yüklə 166 Kb.
səhifə4/7
tarix03.02.2023
ölçüsü166 Kb.
#82608
1   2   3   4   5   6   7
OMONIM

1.2. Omonimiya va uning yuzaga kelish sabablari
Tildagi barcha so’zlarning yig’indisiga, so’z jamg’armasiga vokabulyar deyiladi. Har bir tilning vokabulyaridan munosib o’rin tutgan so’zlar doimiy ravishda birbirlari bilan paradigmatik (o’xshashlik) va sintagmatik (qo’shnichilik) munosabatlarda bo’lib turadi. SHunga ko’ra ularni bir necha guruhga bo’lib yuborsh mumkin.
So’zlar aytilishi, yozilishi va ma’nosi jihatidan turlicha guruhlarga birlashishi qonuniy sanaladi. SHulardan biri omonimiya (shakldoshlik) hodisasidir.5
Aytilishi va yozilishi jihatidan bir xil, ammo ma’nosiga ko’ra bir biridan keskin farqlanib turadigan so’zlarga omonimlar deyiladi. Bu so’z grekcha homos—bir xil, onuma—nom so’zlaridan olingan. So’zlardagi shakldoshlik hodisasiga omonimiya deyiladi. Omonimlarda tubandagi ikki jihat uni boshqa shakldoshlik hodisalaridan keskin farqlab turadi. 1.Akustik  artikulyatsion tomondan omonim so’zlar bir xil xossaga ega bo’ladi, ya’ni o’xshash talaffuz qilinadi va eshitiladi. Masalan: qirq (son) - qirq (harakat), uch (coat)—uch (harakat), ot (nom) —ot (hayvon) —ot (uloqtir) kabi. 2. Grafik jihatdan ham ular bir xil tizimga ega kul (ot) —kul (harakat), yon (tomon)—yon (yonmoq) fe’lining buyruqistak mayli) va hokazo. Bunday omonimlarga haqiqiy yoki to’liq omonimlar deyiladi.
Lug’aviy omonimiya lug’aviy birliklarning ifoda planida o’zaro birbiriga teng kelishi sanaladi. Ifoda plani teng leksemalar esa omoleksemalar atamasi bilan yuritiladi: o’t (olov)—o’t (maysa), tut (daraxt) —tut (ushla), quloq (organizm)—quloq (mushtumzo’r) kabi. SHuningdek, grammatik omonimlar ham farqlanadi.
Masalan chi (so’z yasovchi qo’shimcha), chi (yuklama), ma (ot yasovchi qo’shimcha), ma (shakl yasovchi qo’shimcha).
Leksik omonimiya hodisasini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin.
1. Ko’p ma’noli so’zning ayrim ma’nolari o’rtasidagi aloqadorlik yo’qolib, ular shakldosh so’zlarga aylanib qolishi mumkin. Masalan: dam, tepki, suzmoq kabi.
2. Boshqa tillardan kirgan so’zlar o’zbek tilidagi so’zga o’xshash bo’lib qolishi kuzatiladi. Masalan: bog’ (o’zbekcha: tugilgan narsa, to’plash)—bog’ (tojikcha: mevali daraxtlar o’sgan joy), chor (tojikcha -o’zbekcha: to’rt) — chor (tsar) Rossiyasi kabi.
3. Substantivatsiya (otlashish), ad’ektivatsiya (sifatlashish) va adverbializatsiya (ravishlashish) hodisalari, ya’ni konversiya yordamida ham omonimlar hosil qilinadi.
CHaqmoq, quymoq, yigirma, qirq; shayton, tulki, qo’y, erta, kech kabi.
Bulardan tashqari tarixan yasalgan optiq, opqa, qypt kabi leksemalarda ham omonimlik hodisasi kuzatiladi.
Sistem tilshunoslik nazaridan esa sintagmatik (qo’shnichilik) va paradigmatik (o’xshashlik) asosida yon, ot, uch, qirq, yuz so’zlari tahlil qilinganda, ularning shakliy va ma’noviy xususiyatlari to’liq namoyon bo’ladi. Bu esa mazkur til birliklarini alohida nom bilan atash imkonini beradi.
So’zning ifoda planida leksema deb atalishini oldingi ma’ruzalarimizda uqtirib o’tgan edik. Omonimiya hodisasining tayanadigan asosiy nuqtasi ham so’zning ifoda plani, tashqi tomoni sanaladi. SHu ma’noda omonimlarning tahlili ustida jiddiy bosh qotirgan olimlarimizdan biri SH.Rahmatullayev omonimlarni omoifodalar deb ham ataydi.
Omonimiyada tovush va grafik ifodaning birbiriga mutanosib kelishi muhim ahamiyatta ega; Bir, oz, uch, yon, tut so’zlariga e’tibor qiling. Bu so’zlar o’zak holatida birbiriga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan ma’nolarni ifodalamoqda. YAna shunisi muhimki, mazkur omonimlarni qaysi so’z turkumiga oldingiga qarab turib ot omonimlar, fe’l omonimlar, sifat omonimlar deb bo’lib yuborishimiz mumkin. Bir so’z turkumiga oid bo’lgan omonimlarga qo’shimchalar qo’shilganda ham, ular o’rtasidagi shakldoshlik munosabati yo’qolmaydi,
Masalan: ot (ism)-ot (hayvon): otimni unga aytdim— otimni bugun uloqqa olib bordim.
Agar omonimlar ikkita so’z turkumiga mansub bo’lsa, so’z formalarda ular o’rtasidagi shakldoshlik munosabatlari barham topadi.
Tush (tush ko’rmoq-tush (harakat). Solishtiring: tushimni aytdim-pastga tushdim.
O’zak holatida bir-biriga shakldosh so’zlarga leksik (lug’aviy) omonimlar deyiladi.
Grammatik omonimlar esa qo’shimchalardagi shakldoshlik sanaladi.
Masalan: o’zicha -ravish yasayapti; qizcha - kichraytirish otini hosil qilyapti. don, siz, k, ik, in, a, ar, i, ay qo’shimchalariga ham shunday qarash mumkin. Ularni so’zlarga qo’shish orqali omonim so’zlar yasaladi.
So’zlardagi paradigmatik (o’xshashlik) xususiyatlari qiziq xossaga ega. Ayrim so’zlar aytilishi jihatidan bir xil, lekin ma’nosiga va yozilishiga ko’ra birbiridan keskin farq qiladi. Bu kabi hodisalarni omonimiya hodisasi sifatida talqin qilib bo’lmaydi.
Ular omofon sanaladi.
Bob—bop, yod—yot, bod—bot, mard —mart kabi so’zlar bunga misol bo’la oladi. Og’zaki so’zlashuv uslubida hamda orfoepik me’yorlarga ko’ra mazkur so’zlarni bir  biridan farqlab o’tirmaymiz, lekin ma’nosi va yozilishini hamisha ayricha olamiz. Mart odam emas—mard odam, aksincha 8 mard o’rnida hamisha 8 mart qo’llanadi. Orfografik nuqtai nazardan bunday o’rinlarda differentsiya tamoyili yordamga keladi.
Tilda omofonlar bilan birgalikda omograflardan ham keng foydalaniladi. Kirill yozuvi xususiyatlariga ko’ra ba’zi bir so’zlarimiz bir xil yoziladi, biroq ma’nosi va aytilishiga ko’ra bir—biridan batamom farqlanadi. Bunday so’zlarimizga omograflar deyiladi.
Tok (uzum)-tok (elektr toki), tom (uyning tepasi)-tom (jild), rom (deraza) rom (ichimlik), jon (pyh) - jon (kishi ismi) va shu kabilar bunga Omonimiyа hodisаsi dunyoning deyаrli bаrchа tillаridа keng tаrqаlgаnligi bois, bu hodisаni tа’riflаsh vа ungа u yoki bu tildа bаho berishgа bаg‘ishlаngаn аdаbiyotlаr ko‘p.
G.Ismаilov omonimlаrgа bаg‘ishlаngаn mаqolаsidа: “Mа’lumki, omonimiyа tuzilishi bir xillikkа аsoslаngаn, аmmo mа’no jihаtdаn bir-birigа bog‘liq bo‘lmаgаn leksik hodisа hisoblаnаdi. Turli xil tillаrdа, qolаversа, o‘zbek tilidа hаm omonimiyа leksemаlаr o‘rtаsidа o‘zаro tа’sirning pаydo bo‘lishidа muhim rol o‘ynаydi”– deb yozаdi.
Omonimlar haqida E.V.Sevortyan fe’l-ot tipli o‘zaklar deb fikr bildirsa qirg‘iz olimasi B.O.Oruzbayeva bir o‘zakli omonimlarni turkiy tillardagi qadimiy so‘z yasash usullaridan biri deya ta’kidlaydi boshqa bir qator olimlar esa ominimlarni bir so‘z turkumiga xos so‘zning boshqa turkumga o‘tishi natijasi, ya’ni konversiya deb ataydilar.
misol bo’la oladi. Asosan, ruscha—baynalmilal so’zlar o’zlarining aytilishi va yozilishiga ko’ra o’zbekcha so’zlarga nisbatan omograflar bo’lishi mumkin.
Omograflar va omofonlar bilan birgalikda omoformalar, ya’ni grammatik shakliga ko’ra birbiriga to’g’ri keluvchi, lekin ma’nosi farqlanuvchi grammatik omonimlar — omoformalar ham mavjud,
Olma (meva) - olma (harakat), qarg’a (qush)-qarg’a (dag’al so’z, so’kish) bunga misol bo’la oladi.
Umuman olganda omofon, omograf, omoformaga to’liq bo’lmagan omonimlar deb qarash kuchli.



Yüklə 166 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin