Dunyoning biologik (o`rmon) resurslari xaritasi. Yuqoridagi xaritada Dunyoning o`rmon resurslari keltirilgan, bundan ko`rinib turibdiki yerning asosiy o`rmon resurslari shimoliy yarimsharda joylashgan.
1992-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit va rivojlanish” bo‘yicha Xalqaro anjumanida “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida konvensiya” qabul qilingan. Bioxilma-xillik to‘g‘risida konvensiyaning maqsadi sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir. O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun muhofazasi ostida olingan tabiiy hududlar alohida muhim o‘rin tutadi.
2004-yil 3-dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning vazifasi tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iboratdir.
2-Rasm
Biologik resurs. Tabiat manzarasi 1998-yil 1-aprelda O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib, bu borada hukumatimiz tomonidan Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, konvensiyaning muhim tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (26.12.1997- y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (26.12.1997-y.) hamda boshqa qonunlarida o‘z aksini topgan. Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekistondagi flora va fauna tarkibi, ya’ni bioxilma-xilligi 27000 o‘simlik va hayvonot turi dunyosidan tarkib topgan. O‘zbekiston faunasi, ya’ni hayvonlar olami o‘z 76 ichiga 97 tur sut emizuvchi, 424 tur qush, 58 tur hasharot, 83 tur baliqlarni oladi.
O‘zbekiston florasi – o‘simliklar olami esa 4100 dan ortiq o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Olimlar fikricha, tabiat – bu uzun chambarchas zanjirdir, binobarin har bir o‘simlik va hayvonot turining yo‘qolishi Yer sayyorasi ekotizimini – biosferani xavf ostiga qo‘yadi. O‘z navbatida bioxilma-xillik biosferadagi modda va energiya almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning barqarorligini ta’minlashda asosiy omil hisoblanib, Yerdagi hayotning asosidir.
Tabiiy ekotizimlar xilma-xilligi o‘z navbatida o‘simlik va hayvon turlarining turli-tumanligini ta’minlaydi hamda tuproq sifatini yaxshilaydi, suv va havoni tozalaydi. Har bir tur esa tegishli ekotizimning zarur uzviy elementi hisoblanadi. Barqaror taraqqiyoti uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillik resurslarini saqlab qolish katta ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda Xalqaro biologik xilma-xillik konvensiyasi haqidagi konvensiyaga (Riode-Janeyro) qo‘shildi.
1998-yilda hukumat tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakat umumiy maydonining 10 foizgacha qismini qamrab oladigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barqaror tizimini tashkil qilish bo‘ldi. Tabiiy resurslar orasida biologik boyliklar alohida ahamiyatga ega, chunki ular tugallanmaydigan resurslar bo’lib mahsulotlarni cheksiz muddatda beradi. O’simlik va hayvonot olami bir-birlari bilan o’zaro bog’liq. Agar o’simlikning bir turi yo’qolsa hashoratlarning 10 dan to 30 turigacha qirilishi mumkinligi aniqlangan, yoki ba’zi hayvonlar shu joyni tark etishi mumkin.
Shu jihatdan qaraganda o’simlik va hayvonot dunyosi barcha joylarda saqlanishi zarur. Yer kurrasida qariyb 1-1,5 mln. hayvon turlari yashaydi. Bu miqdor o’simlik turlardan uch marta ko’p. YUNYeSKO ma’lumotiga ko’ra keyingi yuz yil mobaynida insonning xo’jalik faoliyati 25 ming turdagi oliy o’simliklar va 1 ming turdagi umurtqali hayvonlarning qirilib ketishini xavf ostida qoldirdi.