Omonov muhammadning


BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISHNI YAXSHILASH TADBIRLARI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə6/9
tarix18.09.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#144959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Omonov muhammadning

4. BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISHNI YAXSHILASH TADBIRLARI
O`rmonning amaliy ahamiyati g`oyatda ulug`vorligi va Respublikada ularning maydoni nixoyatda kamligini hisobga olib yangi o`rmonzorlar bunyod etish ishlari muttasil olib borilmoqda.
Cho`llarda qum rel`ef shakllari xarakatlarining oldini olish uchun ixotazorlar vujudga keltirilgan, tog` yonbag`irlarida eroziya, surilma va sel xodisalarini rivojlanishini tuxtatib kolish borasida joylarda tog urmonzorlari yaratildi. Sugoriladigan erlardagi ixotazorlar tuproqni eroziya va deflyasiyadan saqlashda xizmatlari benixoya yuqori.
Lekin shunga qaramasdan mamlakatda o`rmonlar maydonini kengaytirish ishlarini kungildagidek, deb bulmaydi. 80-yillarda yiliga urtacha 40-50 ming ga, 1990, 1992-yillarda 40 ming, 1994-1995 yillarda 30 ming, 1996-yilda 34 ming ga maydonda yangi urmonlar bunyod qilindi va tiklandi.
Bizningcha, yangi o`rmonlarni kamida yiliga 100-120 ming ga maydonda bunyod etish ko`zlangan maqsadga erishishga imkon beradi. Bu borada voxalar bilan kumli cho`l tutashgan mintakada oraliq ixotazorlar vujudga keltirish maqsadga muvofik. Chunki, bir necha maxsus katorlarda (oralik masofa 100-200 m.) ixotazorlar cho`ldan esadigan issik va quruq changli shamollarni tutib koladi, xarakatdagi kumlarning mustaxkamlanishini ta`minlay- diful sharoitida avtomobil yo`llarining ikki chekkasida yo`l ixotazorlari (cherkez, kandim, oksaksovul va b. ) vujudga keltirilishi avvalo yo`lni qum bosishdan saqlasa, boshqa tomondan, yo`lovchilar estetik zavq oladilar, yo`l chekkalarida o`ziga xos mikroiqlim vujudga keladi.
Qumli cho`llarda bir tomondan, yaylovlar maxsuldorligining kamligi, ikkinchi tomondan, xarakatdagi qumlarning mavjudligini xisobga olgan xolda ixotazorlarni vujudga keltirish loyixalaniladi. Bunda axoli punktlari (quduqlar, shaxarchalar), turli inshootlar, suv, neft, gaz kuvurlari chekkalari ham xisobga olinishi maqsadga muvofik. Tog` yonbag`irlarda o`rmonlarni bunyod etishda bir qator omillarni e`tiborga olish darkor. Eng avvalo surilma va eroziyaga moyil yonbag`irlarni, sel kelishi xavfi bo`lgan soy yonbag`irlari va o`zanlar chekkalari, qor ko`chkilari rivojlanishi mumkin bo`lgan xududlar o`rmon bilan qoplanishiga erishish zarur.
Qishloqlar va turli xo`jalik inshootlari, binolar, avtomobil va temir yo‟llar, rekreatsiya ob`ektlari atroflari va ularning xududlari zich daraxtzorlar bilan qoplanishi yuqorida ko`rsatib «o`tilgan tabiiy ofat keltiruvchi xodisalarni vujudga kelishiga imkon bermaydi. Yangitdan vujudga kelayotgan jarliklar, surilishi extimol qilinayotgan yonbag‟irlar ayniksa, tez muddatlarda daraxtzorlar bilan mustaxkamlanishi yaxshi samara beradi.
Bunday joylarda mol boqishni ta`qiqlash zarur. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994-yil 8-fevralda tasdiqlagan qarorida 1994-2003-yillar mobaynida har yili kamida 10 ming ga maydonda terak va boshqa tez o`suvchi imoratbop daraxtlar ekish ta`kidlangan. Rossiyadan keltirilayotgan yog`och va taxta respublikaga juda ham qimmatga tushmoqda. Terak va boshqa tez o`suvchi daraxtlar ekish bilan 8-10 yil mobaynida ko`p miqdorda imoratbop yog`och tayyorlash mumkin. Prof. A. Xonazarovning hisob-kitobiga ko`ra 1 ga terakzordan 10 yilda kamida 500 m, 10 ming ga maydondagi terakzordan esa 5 mln. m3 yog`och olinishi mumkin. Kaliforniya teragi esa tez 5-6 yilda voyaga yetadi, biroq, u mo`rtroq va tez sinadi. Bu jixatdan ko`k terak bilan mirzaterak yog`ochi ancha qattiq va zichligi bilan ajralib turadi.
Teraklarni barcha sug‟orish tarmoqlarining chekkasida, shaharlar, axoli punktlari, voxalarning ekin ekilmaydigan va notekis joylarida o‟stirish imkoni bor, undan ixota o`rmoni sifatida ham foydalanish mumkin. Terakdan nafakat yog`och, taxta, shuningdek, undan a`lo sifatli qogoz tayyorlanadi. Teraklarni respublikada mavjud bo`lgan qariyb 200 ming km masofaga cho`zilgan sug`orish shoxobchalarining chekkalarida vujudga keltirish mumkin. Chunki, ularning atigi 7 ming km2. dagi qismida daraxtzorlar mavjud xolos. Terak va mevali daraxtlarni temir-betonli soylar bo`ylab ekilsa, avvalo suv bo`yida o`ziga xos mikroiqlim tarkib topar edi, keyin esa turli mevalar yetishtirilgan bo`lardi. Bu borada ayrim tumanlarda Mirzacho`l, Qarshi cho`li, Xorazm) namunali ishlar qilinmoqda. Suv omborlari va selxonalar atroflari daraxtzorlarni vujudga keltirish ob`ekti bo`lishi lozim, respublikadagi deyarli barcha suv xavzalari chekkalari o`rmonzorlar bilan band emas.
Yirik sanoat va korxonalari xududlarida va atroflarida maxsus ixotazor bunyod etish xar jixatdan ham zarur. Chunki, daraxtlar zararli moddalarni, ayniqsa changlarni yutib, havoni tozalaydi, havo namligi va haroratni rostlab turadi. 10 Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 31-dekabrdagi karoriga muvofiq, Qoravulbozor neft sanoati korxonalari atrofida 18 ming ga maydonda o`rmonzorlar vujudga keltirish ishlari qizg`in olib borilmoqda.
Xuddi shunday xayrli ishni Muborak, Sho‟rtang gaz-kimyo sanoati, Navoiy kimyo (Azot» birlashmasi) korxonalari va boshqa sanoat ob‟ektlari atroflarida vujudga keltirish ayni muddao. Orol bo`yida ro`y berayotgan cho‟llashish xodisasi boshqa tabiat komponentlari qatori o`simlik olamining jiddiy zarar ko‟rishiga keng miqyosda ta`sir etmoqda. O`simliklar tabiatda bo`layotgan barcha noxush o`zgarishlarning eng ishonchli indikatoridir. Ularning bir turdan ikkinchi boshqa bir turlar bilan almashishi makonda relef, grunt suvlari rejimi, tuprok va boshqa komponentlarida o`zgarishlar sodir bulayotganligi natijasida yuz beradi. Amudaryo va Sirdaryoning xozirgi del`talarida (sug`oriladigan mintaqada) avvalgi daraxtli to‟qayzorlar suvsizlik va sho`r muxit ta`sirida qattiq, zarar ko`rdi, ularning qurishi tufayli shamol ta`sirida ko`chma qumlar xarakati faollashmoqda. Orol dengizining kurigan qismida qum va tuzlarni migratsiyasi kuchaymoqda. Ushbu tadrijiy tabiiy sharoitda zaminni mustaxkamlash nixoyatda axamiyat kasb etadi. Bu borada eng ishonchli, arzon, tez muddatlarda samara beradigan tadbir ma`lum loyixalar asosida ixotazorlar vujudga keltirish xammadan xam qulay va iqtisodiy jixatdan arzon hamda zaruriy chora hisoblanadi.
Fitomepioratsiya (o`simliklarni ekish va o`stirish bilan melioratsiya qilish) yo`li bilan tuproqni eroziya va deflyatsiyadan saqlab qolish daryo del`tasi va Orolning qurigan qismida 80-yillarning yarmida boshlangan. Orolning kumli xududlarida (O`zbekiston qismida) 1989 yildan e`tiboran har yili kamida 10 ming ga maydonda qora saksovul, cherkez, kandim va boshqa quruq sevar va yerni xush ko‟ruvchi o`simliklarning urundi va qalamchasini ekish bilan fitomelioratsiya amalga oshirilmoqda.
Keyingi vaqtlarda (90-yillardan boshlab) ish maydoni ortib bormoqda. 1998 -yilning boshlarida jami fitomelioratsiya qilingan maydon jami 150 ming ga. dan ortdi. Albatta, bu raqam unchalik ko`p emas, agar barcha qurigan 11 qism 3,8 mln. ga, deb xisoblansa, uning qariyb 2 mln.ga. qismi respublikamizga tegishli.
Xozirga kelib o`simlik ekish mumkin bo`lgan maydon taxminan 400-500 ming ga ni tashkil qiladi. Binobarin, endigina uning uchdan bir qisminigina o`simlik bilan mustaxkamlashga erishildi, xolos. Bizningcha fitomelioratsiya ishlari sur`ati va qamrab olinayotgan maydon xajmi kamida 2 marta oshirilishi ayni muddao. Chunki dengiz chekingan sari uning qurigan qismida fitomelioratsiya qilinadigan maydon miqyosi ham ortib bormoqda, demak, shamolning uyuvchanlik va xarakat maydoni tobora ortib bormoqda.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin