YAcheyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda
bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir.
Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan
ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, B—ustun, 5—qator
kesishmasida joylashgan yacheyka—B5 deb nom oladi. Yacheykaga
sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb
ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan
yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar manzillari olinib,
ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: E1:H3
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yacheykalarni formatlashda
ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin
formulalar bilan ishlayotganda bu narsani bilish kerak bo‘ladi.
4.Ishchi hujjatlar bilan ishlash
4.1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini
ajratib ko‘rsatishuchun sichqoncha tugmasini bosgan holda
sichqonchani harakatga keltirish kerak.
4.2. Ustunlar sarlavhasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256
ustunlar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi va u A
Dostları ilə paylaş: