63
67-mashq.
Badiiy va ilmiy-ommabop matnda o‘rikka berilgan tav-
siflarni qiyoslang. Nutqning boylik sifati qaysi uslubda
ahamiyatliligini tushuntiring.
O‘rik
Qantak o‘rik
Mag‘izimga berkitgan
Otim bor,
Qandim bor,
Xo‘p mazali
Novvotim bor.
Totim bor.
(E. Vohidov)
O‘rik
O‘rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali o‘simlik. Vatani –
O‘rta Osiyo. O‘zbekistonda, asosan, oddiy o‘rik turi ekiladi. Mevasi etli,
yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish; danagidan ajraladigan, ajral-
maydigan xillari bor; shirin, shirinnordon. O‘rik – yaxshi asal beruvchi
daraxt.
(O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi)
68-mashq.
Gaplarni o‘qing. Nutqning boyligini ta’minlayotgan bir-
liklarni izohlang.
1. Juda ishni ko‘ngling tusagan ekan, ana, ko‘cha-ko‘yda nechta gazet
sotadigan kioska bo‘sh yotibdi, o‘shanga ishga kir,
ma’rifat
tarqat,
ziyo
soch. 2. Uchrashuv
tugab
, mehmonlik izzatimiz
bitib
, u yerdagi o‘rtoqlar
biror o‘n chaqirimcha kuzatib qo‘ygach, yana ikkimiz yolg‘iz qoldik.
3. –
Otni
biladigan odamlarni
xush ko‘raman
. Biz asli otboqar ning o‘g‘limiz,
Saidqul aka, otni
yaxshi ko‘ramiz
. Boshqa ishlarimizni aytolmayman-u,
lekin uch-to‘rtta yaxshi
tulporimiz
bor. To‘pori
tamom o‘zidan ketgan
,
mening borligimni
butkul unutib
, hansirab yugurib, butalarning shoxlarini
sindirib, nuqul xitob qiladi: Uch-a,
jonivor
! Uch, akang qarag‘ayning
Dostları ilə paylaş: