Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Ona tili 11 sinf

 
parchasida
 
xushxabar so‘zi «shumxabar» 
tarzidagi kinoyaviy ma’noda qo‘llangan.
Kinoyada so‘z yoki iboraning tildagi ma’nosi bilan nutqda re-
allashgan ko‘chma ma’nosi o‘rtasidagi zidlik kuchli ta’kid oladi va 
shunga ko‘ra birdaniga diqqatni jalb etadi.


84
Kinoyaviy qo‘llangan so‘z yoki ibora og‘zaki nutqda o‘ziga xos, 
farqli intonatsiya bilan aytilsa, yozuvda ko‘pincha qo‘shtirnoq bilan 
ajratiladi.
97-mashq.
 
N. Mahmudov va Y. Odilovning «O‘zbek tili enantiosemik 
so‘zlarining izohli lug‘ati»da tavsiflangan bir so‘zda namo-
yon bo‘lgan zid ma’nolarga diqqat qiling. O‘z ma’nosiga 
zid holda ishlatilgan nutqiy ko‘chma ma’no asosida vo-
qelangan kino 
yani izohlang.
DONO
 1
Aqlli, har narsani biladigan: Donolar dunyoni demish 
ko‘pkari, Boqing, O‘zbekiston dadil ot soldi! (A. Oripov) 
2
Aqlsiz, ko‘p 
narsani bilmaydigan: Ammo oyog‘ining ostidan narini ko‘rmaydigan, va-
holanki, hayotdan faqat nuqson izlaydigan ayrim «dono»
 
vaysaqilar, af-
suski, bor. (O‘. Usmonov)
KAmTArIN
 1
Juda kamtar, xokisor: Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam 
O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim pe-
shonasidan. (E. Vohidov) 
2
Juda maqtanchoq: Agar Kesakpolvonni nazarda 
tutib, shunday desangiz, adashasiz. Chunki u «kamtarin» banda qudrat 
bobida o‘zidan oldin faqat Asadbekni ko‘radi. (Tohir Malik)
XushBO‘yLIK
 1
Bir kun burun shovullab yog‘gan yomg‘ir va tong 
tarovati bois olam bag‘oyat chiroyli hamda tiniq, havo esa musaffo va 
xushbo‘y edi. Bu xushbo‘ylikni rasadxona ortidagi tog‘dan yelayotgan 
mayin shaboda olib kelardi. (Nabi Jaloliddin) 
2
Qo‘lansa hidlilik, bad-
bo‘ylik: Bulardan bir qadoq sovun olmoq uchun yo dimog‘ni ro‘mol bilan 
bog‘lash kerak, yoki burunni yeng ichiga olib turish kerak. Dunyodagi 
hidlar ichida sovun bozorining hididay «xushbo‘ylik» jahonda bo‘lmasa 
kerak. (G‘afur G‘ulom)

Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin