19
Beminnat do‘st
E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz
do‘stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat bo‘ladi. Shod
paytingizda quvonchingizga quvonch qo‘shadi. G‘amgin pallada dardingizni
oladi. Bilmaganingizni o‘rgatadi. Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Yaqin
kishila
ringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun
hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo‘ysangiz indamaydi.
Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag‘in chorlasangiz, yetib
kelib, xizmatingizni qilaveradi.
Bu do‘stning nomi – kitob.
(O‘. Hoshimov)
NuTqNINg TO‘g‘rILIgI
Topshiriq.
Gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi
grammatik shakllarning adabiy til me’yorlariga qay dara-
jada muvofiq qo‘llanganligi haqida fikrlashing.
1. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni
Dostları ilə paylaş: