25
26-mashq.
Berilgan gaplarni hozirgi uslubiy me’yorlarga mos ravishda
qay
ta tuzing. Ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni ayting.
1. Sohibqiron hayratda anchagacha so‘z topolmay, bu vayrona ichidagi
nuroniy qariyalarga qarab uzoq turdilar, – ul sizningdur, biz olmay-
miz... Illo, bizga ash’oridin aytsin. 2. Aytmaydur, – deyishdi chollar. –
Qo‘rg‘onimiz atrofida yer quchib nigun bo‘lgan yarim elatimiz hurmati,
hozir Olloh aning dilig‘a hikmat kalomini solmag‘ay... 3. Norasidani
ko‘rdingmu? – dedilar Sohibqiron bosh ko‘tarmay. 4. Alar dunyo ishlari
ila tamom band. Men alarga ilohiy sehriyat borligini eslatib, dillarini ti-
kanak sim yanglig‘ chirmagan dunyo ishlaridin sal chalg‘itishga urunamen.
5. Dayrda ko‘p savob-u gunoh ishlarni qildik. Har neki bo‘lsa, Ollohning
madadi, bandasining tadbiri biladur.
(Asqad Muxtor)
27-mashq.
Yozma nutqning to‘g‘riligiga ta’sir etayotgan o‘rinlarga
diqqat qiling, so‘zlardagi imlo xatolarini aniqlang.
1. It beparvo, eshaklarga yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovozi-
ga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor
qaraydi, so‘ng yana lo‘killab yo‘lida davom etadi.
(Sh. Xolmirzayev)
2. Hammasi tinch, salom deb yuborishdi... – dedi Rahim Saidov ma-
salaga qanday yondoshishni o‘ylar ekan.
(O‘. Umarbekov) 3. Mahallada
katta tayyorgarlik bilan o‘tqazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok
etdi.
(Gazetadan) Bahor kelishi bilan bog‘larda ko‘chat o‘tkazish ishlari
avj oldi.
(Gazetadan)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘a-
ti»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: