Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Ona tili 11 sinf

27
2-topshiriq.
Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» asaridan olin-
gan parchani o‘qing. O‘zbek tilida ma’nodoshlik hodisa-
sining na 
moyon bo‘lishiga diqqat qiling.
Havo harakatini bildiruvchi so‘zlar yel, bod, shamol, janub, sabo, 
dabur, dovul, shurta, esin, nasim, shabboda, tundbod, garmsel, samum, 
sarsar, izg‘irin, bo‘ron, bo‘rag‘on, purga, to‘fon, tayfun, urag‘an yoki ura-
gan, girdbod, quyun, uyurmadir.
Shamol so‘zining o‘zi, aslida, shimoldan esgan yelni bildiradi. Lekin 
hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z keng ma’noda qo‘llanadi. Maxsus eski kitob-
larda janubdan esgan yel janub deb ataladi, ammo bugungi o‘zbekchada 
janub so‘zi mazkur ma’noda butunlay ishlatilmaydi. G‘arbdan esgan yel 
eski kitoblarda dabur deyilgan, ammo hozir bu so‘z dovul shaklini olgan 
va vayronalik keltiradigan kuchli shamolni bildiradigan so‘zga aylangan. 
Sabo so‘zi she’rda ko‘p ishlatilgani uchun o‘z shakli va ma’nosini 
o‘zgartirmagan. Sharqdan esadigan yel sabo deb ataladi. Sabo – tong 
yeli degan fikr ham bor. Bu fikrning paydo bo‘lishiga tongda ko‘pincha 
Sharqdan yel esib turishi sabab bo‘lgan.
Esin, nasim va shabboda yoki shabada so‘zlari mayin yelni bildiradi. 
Samum va garmsel so‘zlari issiq shamolni, sarsar, izg‘irin yoki izg‘iriq 
sovuq shamolni bildiradi. Bir ishni qilayotganda kishiga yordamlashadigan, 
masalan, kemani kerakli tomonga suradigan yel shurta deb ataladi.
Bo‘ron, buran, burya, purga degan so‘zlarning kelib chiqishi bir. Bular 
«bo‘ron» ma’nosidagi bo‘r o‘zagidan yasalgan so‘zlardir.
Mazkur so‘zlarning rus va o‘zbek tillaridagi ma’nolari haqida gapiradi-
gan bo‘lsak, ruschada buran deganda, asosan, cho‘l yoki dalada qishda 
yerdagi qorlarni to‘zg‘itadigan kuchli shamol tushuniladi. O‘zbek tilida bu 
ma’noda izg‘irin yoki izg‘iriq so‘zlari qo‘llanadi. 
O‘zbek tilida bo‘ron deganda, umuman, shiddatli shamol tushuniladi. 
Rus tilida bu ma’noda burya so‘zi qo‘llanadi. Amerika qit’asi atrofi-
da bo‘ladigan o‘ta kuchli okean shamolini urag‘an yoki uragan, janubi 
sharqdagi Tinch okeanning kuchli shamolini tayfun deb ataydilar. Yog‘in, 
shamol va sel natijasida yer yu 
zini yoki uning katta qismini suv bossa, 
buni to‘fon deyiladi. Tayfun bilan to‘fon so‘zlarining kelib chiqishi bir.
Aylanma shamolga nisbatan o‘zbek tilida quyun, uyurma va gird-
bod so‘zlari qo‘llanadi. Havoshunoslikda siklon deb havoning bulutlarni 
quyuqlashtiradigan aylanma harakatiga aytiladi. 



Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin