29 Ko‘ngliga qo‘l solmoq Eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat
qilmoq. Varianti: yuragiga qo‘l solmoq. O‘xshashi: qo‘yniga qo‘l solmoq. Ko‘nglida kiri yo‘q Kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q, begidir.
Varianti: yuragida kiri yo‘q. O‘xshashi: ko‘ngli toza.
5-topshiriq. So‘z qo‘llash, nutq tuzishda e’tiborlilik va nutq odobi
haqida o‘nta xalq maqoli topib, daftaringizga yozing.
Maqollarni yod oling.
NuTqNINg ANIqLIgI 1-topshiriq. Surat – sur’at, toblanmoq – tovlanmoq, azm – azim, asr – asir juftliklaridagi so‘zlarning ma’nolariga izoh
bering.
2-topshiriq. Berilgan gaplarda qaysi so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan
nutq aniqligiga putur yetganligini aniqlang.
1. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi. 2. Korxonaga
yangi zamonaviy texnika joriy etildi.
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq
tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-ho-
disa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ
sifatdir.
Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so‘z ma’nolarini
yetarli anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish
malaka
sining shakllanishi uchun imkon beradi.
So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib,
aniq nutq tuzib bo‘lmaydi. Masalan, Avlodlar merosini o‘rganamiz jumlasida ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun
avlod so‘zining leksik
ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi.
Avlod so‘zi asli arabcha bo‘lib
(uning
birlik shakli
valad, ya’ni «bola» demakdir), o‘zbek tilida «bir
ota-bobodan tarqalgan nasl», «bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar»