47
Ajdodlarimiz siyoh bilan yoziladigan qamish yoki savag‘ich qalamdan
keng foydalanishgan. Bu mumtoz adabiyotimizda «xoma» deb tilga olina-
di. Qalamning o‘q qalam, temir qalam, tosh qalam degan turlari bor.
Mo‘yqalam tasviriy san’atda ishlatilsa, tosh qalam va temir qalamlardan
qattiq jismlarni o‘yish, kesish,
biror narsani tasvirlash, yog‘ochlarga gul
solishda foydalanilgan.
Qalamning takomil yo‘li insoniyatning ravnaq eta borishi bilan cham-
barchas bog‘liqdir. Bugungi madaniyatning ibtidosi qalamga borib taqaladi.
Ilk qalam – tosh qalam. Hozir esa eng keng tarqalgan turi sterjenli
ruchkadir.
Yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa-da, tilimizning boyligini ko‘rsatish maqsadida «qa-
lam» so‘zining ko‘chma ma’nolariga to‘xtalib, bir necha misol keltiramiz.
Masalan, «qalam ahli» – yozuvchi va shoirlar, jurnalist va olimlar. «Qa-
lami ojiz» – fikrini yaxshi ifodalay olmaydigan. «Qalami o‘tkir» – fikrini
ta’sirchan qilib yoza oladigan. «Qalamqosh» yoki «qoshi qalamlar» – un-
cha
egilmagan qop-qora, chiroyli qoshli suluv.
(A. Ibrohimov)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lu-
g‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Dostları ilə paylaş: