44
gan fikr, mazmun tarkibida, tabiiyki, muayyan ketma-ketlik, alo-
qadorlik, bog‘liqlik, umuman, tizim mavjud. Mazmundagi ana shu
tizim nutqiy ifodada ham o‘z aksini topmog‘i lozim. Mantig‘i
sog‘lom matn «biri tog‘dan, biri bog‘dan» fikrlar «bo‘tqa»sidan iborat
bo‘lmaydi. Shuning uchun matnda fikr rivojini aks ettiradigan aniq
kompozitsiya bo‘lishi zarur.
Masalan, inshoning kompozitsion tuzilishi uch qismdan iborat
bo‘ladi, ya’ni: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirishda mavzu, uning
ahamiyati, o‘rganilishi kabi masalalar bayon qilinadi, asosiy qismda
aytilmoqchi bo‘lgan tegishli mazmun yoritiladi, xulosada esa ba
yon
qilingan fikrlarga yakun yasaladi, «qissadan hissa» qilinadi. Shu
tariqa fikr mantiqiy ifodalangan yaxlit matn yuzaga keladi.
Badiiy nutqda mantiqiylikka qo‘yiladigan talablar tamoman o‘zi-
ga xosdir. Albatta, bu badiiy adabiyotning obrazli tafakkur mahsuli
ekanligi bilan aloqadordir.
Mantiqiylikning buzilishi badiiy nutqda o‘ziga xos tasvir usuli,
obraz
li ifoda, qisqasi, badiiy vosita vazifasini bajarishi mumkin. Xil-
ma-xil alogizmlar (mantiqsizlik), g‘ayriodatiy birikmalar, jonlantirish
va boshqa shu kabi qo‘llanishlar ijodkorning badiiy mahorati bilan
matnning zaruriy unsurlariga aylanadi. Masalan, nobadiiy nutqda
Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar shaklidagi gap mantiqsiz
hisob lanadi. Chunki tinglash uchun «qurol» og‘iz emas, balki quloq-
dir. Ammo Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan
ushbu parchada bu gap betakror badiiy obraz tasviriga aylangan:
O‘tirganlar bir seskanib oldilar.
– Qanaqa pul, taqsir? – dedi Matxoliq amin.
Hammaning ko‘zi uning og‘ziga tikilgan edi, undan keyin hamma
ko‘zlar birdaniga mingboshi tomonga burilib, uning og‘ziga osildilar.
Ko‘plar og‘izlari bilan ham tinglardilar.
Yozuvchi noxush va shum xabarni hayronlik va chorasizlik ichi-
da og‘izlar ochilib qotgan ko‘yi eshitmoqning badiiy rasmini shu
tarzda chizgan.
Dostları ilə paylaş: