Ona tili (15 ta)



Yüklə 62,36 Kb.
səhifə1/5
tarix15.09.2023
ölçüsü62,36 Kb.
#143933
  1   2   3   4   5
70131052 kimyo biologiya



ONA TILI (15 TA)

  1. Berilgan gaplar ichidan imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang.
    A) Uning dadasi farg‘ona kanali qurilishida hissasini qo‘shgan.
    B) Kindik qoning to‘kilgan yer vataningdir.
    C) O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir.
    D) Anjumanda koreya, yaponiya, xitoy kabi davlatlardan vakillar tashrif buyurishdi.


  2. Qo‘shma so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
    A) shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar
    B) shakli har xil, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar
    C) bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning birgalikda yozilishi
    D) ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shib yozilishi


  3. Nuqtalar o‘rniga kerakli tinish belgini qo‘ying. Sayohatga dadam, oyim, akam … barcha oilamiz a’zolari borishdi.
    A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta


  4. So‘zlar necha xil usulda bir-biriga bog‘lanadi?
    A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil


  5. Qaysi so‘roq yuklamasi so‘zga qo‘shib yoziladi?
    A) -a B) -ya C) -chi D) -mi


  6. Berilgan gaplar orasida o‘timli fe’llar sonini toping. charaqladi, oldi, yugurdi, o‘yladi, yozdi, chaqirdi, ochildi.
    A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta


  7. Birgalik nisbat qo‘shimchasini aniqlang.
    A) -mtir, -imtir B) -dir, -tir C) -(i)n, -(i)l D) -(i)sh


  8. Bobom bu nihollarning barini ko‘kartirib, parvarish qilganlar. Ushbu gapdagi orttirma nisbatdagi fe’lni aniqlang.
    A) parvarish qilganlar B) ko‘kartirib C) parvarish D) nihollarning


  9. Fe’lning o‘zlik nisbat shakli qo‘shimchalarini aniqlang.
    A) -n, -in, -l, -il B) -sh, -ish C) -gaz, -kaz D) -ar, -ir


  10. Turli gap bo‘laklari vazifasida kelishga xoslangan fe’l shakllari qanday ataladi?
    A) nisbat shakllari B) vazifa shakllari C) munosabat shakllari D) zamon shakllari


  11. Ushbu gapdagi o‘zlik olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan: U o‘zi haqida batafsil ma’lumot bera boshladi.
    A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) hol


  12. Har qanday holatda ham Vataningga sodiq bo‘l! Ushbu gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi ishtirok etgan?
    A) so‘roq olmoshi B) gumon olmoshi C) belgilash olmoshi D) ko‘rsatish olmoshi


  13. Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi qatnashgan?
    A) gumon olmoshi B) bo‘lishsizlik olmoshi C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi


  14. Barcha mustaqil so‘z turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar qanday ataladi?
    A) ot B) sifat C) olmosh D) ravish


  15. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shilganda qaysi tovush ortishi kuzatiladi?
    A) “t” B) “n” C) “I” D) “y”



Yüklə 62,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin