BIOLOGIYA (30 TA) “Tirik organizmlar o‘z-o‘zini idora eta oladigan, yaratadigan ochiq sistemadir” deb ta’riflagan olimni toping.
A) Tensli B) Volkenshteyn C) Sukachev D) Zyuss
Glukoza va galaktozaning glikozid bog‘i orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan modda nomini toping.
A) maltoza B) laktoza C) saxaroza D) sellobioza
Viruslar haqidagi to‘g‘ri fikr(lar)ni toping.
A) Ivanovskiy tamaki mozaikasi o‘simligida tajriba o‘tkazish vaqtida aniqlagan B) 1917-yilda Kanadalik virusolog de-Erel bakteriofag virusini yaratdi C) bakteriofag o‘z DNK yoki RNKsini hujayraga itarib kirgizadi D) quturish, kuydirgi, qizilcha hayotning hujayrasiz shakli hisoblanadi
DNK molekulasida 1500 ta nukleotid bor. Shu DNK molekulasining 1-zanjiridagi (G + S) soni (A + T) sonidan 1,5 marta kichik bo‘lsa, 1- zanjirdan sintezlangan RNK dagi (S + G) yig‘indisini aniqlang.
A) 150 B) 300 C) 600 D) 450
Metionin va triptofanga xos umumiy xususiyatni toping.
A) almashinadigan aminokislota B) triplet kodi bittadan C) start kodonlar D) kodoni AUG bo‘lib bir xil formulaga ega
B.L. Astaurov sun’iy partonogenez yo‘li bilan qaysi hayvonni kashf etgan?
A) erkak baqa B) urg‘ochi baqa C) erkak ipak qurti D) urg‘ochi ipak qurti
Tizza refleksi hosil bo‘lishida retseptor qayerda joylashgan?
A) teri ostida B) muskulda C) payda D) orqa miyada
Izogamiyada gametalarga xos xususiyatni toping.
A) erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gameta yirik B) erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, shakli va o‘lchami bir xil C) urg‘ochi gameta yirik, harakatsiz boladi D) spermiylar harakatsiz boladi
Qaysi hujayra ketma-ket uch marta mitoz bo‘linuvchi bo‘ladi?
A) megasporatsit B) megaspora C) spermatida D) birinchi tartib ovotsitlar
Xromosomaning ikkilamchi belbog‘i nimani hosil qiladi?
A) yelkalarni B) birlamchi belbog‘ni C) xromatidalarni D) yo‘ldosh xromosomalarni
Jinsni aniqlashning progam tipi qaysi hayvonlar uchun xos?
A) halqali chuvalchanglar B) kolovratkalar C) odamlar D) xaltalilar
Organizmda allel juftlar soni 4 ta bo‘lsa, hosil bo‘lgan genotipik sinflar soni qancha bo‘ladi?
A) 16 ta B) 64 ta C) 81 ta D) 27 ta
Jinsiy bo‘lmagan xromosomada dominant holda irsiylanuvchi belgini aniqlang.
A) gemofiliya B) sindaktiliya C) tish emalining qo‘ng‘irligi D) ixtioz
Quyidagi o‘simliklarning hayot shaklini toping. kofe-a; b-kakao.
A) a, b-buta B) a-daraxt; b-buta C) a-buta; b-daraxt D) a, b-daraxt
Daraxt po‘stlog‘ida qaysi lishaynik o‘sadi?
A) usneya barbata B) everniya prunastri C) xantoria parentina D) batsidiya
Qaysi kasallikka uchragan o‘simlik rivojlanishdan orqada qoladi, hosili kamayib ketadi, kuchli zararlangan o‘simlik tez orada halok boladi?
A) zang zamburug‘i B) nematodo C) vilt D) bakteriyali kasalliklarda
Qaysi o‘simlik donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lishi yo‘qolishi antotsian rangni beruvchi gendagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi?
A) bug‘doy B) suli C) makkajo‘xori D) arpa
Erkak arining ishchi aridan farqini toping.
A) mo‘ylovlari, ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan B)og‘iz organlari yaxshi rivojlanmagan C) nisbatan kichik bo‘ladi D) mo‘ylovlari yaxshi rivojlangan, ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan
Aorta tushunchasini kim fanga kiritgan?
A) Gippokrat B) Aristotel C) Galen D) Vezaliy
OITS ning qaysi davri 14 kundan bir yilgacha davom etadi?
A) inkubatsiya B) o‘tkir davr C) rivojlanish davri D) OITSdan oldingi davr
Bempes tajribasi qaysi tabiiy tanlanishni ifodlaydi?
A) harakatlantiruvchi B) stabillashtiruvchi C) dizruptiv D) 3 ta tanlanishni o‘z ichiga oladi
Radikulit qanday kasallik?
A) bo‘yin qismidan chiqaqdigan nervlarning siqilib qolishi B) ko‘krak qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi C) dumg‘aza qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi D) dum qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi
Odam–otdagi gemoglobin α (a) va sitoxrom Ѕ (b) dagi farqlar sonini toping.
A) a-18; b-12 B) a-12; b-18 C) a-25; b-18 D) a-25; b12
Markaziy Osiyoda ongsiz (a) va ongli (b) tanlash yoʻli bilan bugʻdoyning qanday navi yaratilgan?
A) a-doni toʻkilmaydigan, b-qora sovuqqa chidamli B) a-doni toʻkilmaydigan, b-kalta poyali C) a-qora sovuqqa chidamli, b-kalta poyali D) a-doni toʻkilmaydigan, b-erta pishar
Ixtisoslashmagan hujayralar massasi bu … deyiladi.
A) genom B) takson C) kallus D) allofen
Bo‘yi 155-165 cm bo‘lgan odamlar qaysi qatorda berilgan?
A) arxantrop B) paleantrop C) neoantrop D) avstralopitek
Cu qaysi hayvon qonida uchramaydi?
A) qisqichbaqa B) chayon C) butli o‘rgimchak D) chigirtka
Kalta naysimon(1), kalta g‘ovak(2), yassi(3), g‘alvirsimon(4) suyaklar turiga mos suyaklarni juftlang.
a) barmoq; b) kaft; c) umurtqa; d) kaftusti; e) ensa; f) ponasimon suyak; j) kurak; h) peshona.
A) 1-a, b; 2-c, d; 3-e, j; 4-f, h B) 1-c, d; 2-a, b; 3-e, j; 4-f, h C) 1-a, b; 2-c, d; 3-f, j; 4-e, h D) 1-b, d; 2-a, c; 3-e, j; 4-f, h
AaBb genotipli organizmlar o‘zaro chatishtirilganda olingan organizmlarning necha foizi o‘ziga o‘xshagan genotipli oganizm bilan chatishtirilganda genotipda 1:2:1:2:4:2:1:2:1 nisbatda ajralish kuzatiladi?
A) 50 B) 18,75 C) 25 D) 75
Gnu antilopasi va g‘izol qayerda uchraydi?
A) Avstraliya B) Afrika C) Janubiy Amerika D) Janubi sharqiy Osiyo