KIMYO (30 TA) Quyidagilar orasidan qaynash temperaturasi manfiy qiymatga ega bo‘lgan oddiy moddalarni toping.
A) H2, He, HCl B) Na, Mg, Ca C) H2S, HCl D) He, Ne, Cl2
8 g mis (II)-oksidini vodorod yordamida qaytarish natijasida hosil bo‘lgan suv miqdorini (mol) toping.
A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4
X+ kationidagi elektronlar soni protonlar sonining 90 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar orasidan X ni toping.
A) Ca B) Ba C) Cu D) Mg
Atomning P pog‘onasida uchraydigan orbital kvant son qiymatlari ko‘paytmasini toping.
A) 6 B) 24 C) 120 D) 0
Qaysi birikma x::y holatdagi elektron formulaga mos keladi?
A) CaO B) N2 C) O2 D) K2O
KMnO4 dagi jami bog‘lar sonining H3PO3 dagi π bog‘lar soniga nisbatini toping.
A) 0 B) 8:3 C) 8:1 D) 3:1
Dastlab reaksiyada temperatura a+26 °C bo‘lgan. Ma’lum vaqtdan keyin muhit temperaturasi a-6 °C ga o‘zgargan bo‘lsa, reaksiya tezligi necha marta ortgan? (γ=2)
A) 8 B) 0,8 C) 30 D) 1/8
A = 3C + D – 37 kj/mol va D = C + B + 3 kj/mol reaksiyalar sodir bo‘lishi natijasida 2 mol D modda ajraldi. Umumiy jarayon uchun talab etilgan energiya miqdorini (kj) toping.
A) 74 B) 80 C) 6 D) 68
Avagadro doimiysi birligini toping.
A) mol B) g-1 C) mol-1 D) g/mol
100 ml suvda SO3 eritilib suvli eritma olindi. Javoblar orasidan holatni qanoatlantiruvchi oksid miqdori haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
A) 22,4 m3 SO2dan olingan
B) suv miqdoriga teng (mol) C) 0,32 kg S dan olingan D) 160 g
Ayni sharoitda moddalarning birinchi bosqich dissotsilanish darajasi ortib borish tartibida joylashtiring.
a) HNO3; b) H2S; c) H3PO4; d) HNO2; e) Ba(OH)2.
A) b, e, a B) e, c, d, a C) a, b D) a, d, b
Eritmada pH va pOH nisbati 2,5 ga teng. Ushbu nisbatni 0,3 marta oshirilganda eritma muhiti qanchaga ortadi?
A) -6 B) 8 C) 10 D) -4
Kaliy pirofosfatning oksidlanish darajasini toping.
A) +5 B) -5 C) +4 D) 0
NH3 + O2 → … reaksiyada gazlar teng hajmda olingan. Agar ammiakning 60 foizi sarflangan vaqtda kislorodning 75 foizi reaksiyaga kirishgan bo‘lsa, qanday gaz hosil bo‘ladi?
A) NO B) N2 C) N2O3 D) N2O
Qaysi jarayonda ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish jarayoni kuzatiladi?
A)CH4 + Cl2 →
B) CH2 = CHOH → CH3COH
C) R ‒ CH2 – COOH → H2+
D) CH2O + KOH →
Karbin yonishidan hosil bo‘luvchi mahsulot NaOH eritmasiga yuttirildi. Eritmadagi tuz tarkibida metall va metalmas nisbati 1:4 bo‘lsa, olingan tuz formulasini toping.
A) NaHCO2 B)Na8C4O12 C) Na4C
D) NaHCO3
Ushbu reaksiya uchun mos fikrni toping.
KClO3 + HCl → KCl + Cl2 + H2O
A) reaksiyada xlorning yuqori musbat valentli birikmasi hosil bo‘lgan B) reaksiya natijasida ko‘kimtir kristall ajralgan C) oddiy modda koeffitsiyenti 3 ga teng D) kislorodli mahsulot oksidlovchi sifatida qatnashgan
Kremniyni ftor atmosferasida yoqish natijasida ekvimolar miqdorda 2 xil ftorid hosil bo‘ldi. Kremniy tetraftorid gidrolizidan 8,96 (l, n.sh.) gaz ajralsa, yondirilgan kremniy massasini (g) aniqlang.
A) 11.2 B) 5,6 C) 2,8 D) 10
Kalsiy ochiq havoda qizdirilganda qanday jarayon sodir bo‘ladi.
A) Ca3N2 hosil bo‘ladi
B) kalsiy qaytariladi C) dolomit hosil bo‘ladi D) kalsiy karbid hosil bo‘ladi
Xrom (III)-oksidni koks yordamida qaytarilganda 78 m3 is gazi ajraldi. FeO bilan ifloslangan 18,8 kg namunadagi II valentli oksid miqdorini (mol) toping.
A) 50 B) 100 C) 0,1 D) 7,2
CaC2 gidrolizidan hosil bo‘ladigan gaz trimerlandi. Trimerlanish mahsuloti gidrogenlandi. Oxirgi modda molekular massasini toping.
A) 84 B) 76 C) 99 D) 102
C11H24 krekinglanishidan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni qaysi alkan izomerlar soniga teng. (krekingda izomerlar hisobga olinmasin)
A) geptan B) nonan C) oktan D) dekan
Propen kaliy permanganat yordamida kislotali muhitda oksidlandi. Hosil bo‘lgan kislotalar massa farqi 60 g bo‘lsa, dastlabki gazni to‘yintirish uchun qancha (g) vodorod sarflanadi?
A) 8 B) 10 C) 12 D) 14
Avtotransport gaz baloniga 200 atm (T = 273 K) da metan gazi joylashtirildi. Gaz ballonning kuchi 400 atm ga teng. Tashqi muhitning harorati qanchaga yetganda gaz balonning kuchi bardosh berolmaydi?
A) 5273 °C B) 400 K C) 273 K D) 546 °C
Normal sharoitdagi PCl5 yopiq idishda 54,6 °C haroratda qizdirildi. Idishdagi bosimning koʻpayishi oʻrtacha 0,02 atm/sekund ga teng. 40 sekunddan keyin muvozanat qaror topdi. Hosil boʻlgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini toping.
A) 54,6 B) 85,4 C) 69,5 D) 74
Chumoli va sirka kislota aralashmasi suvda eritildi. Massa jihatidan konsentratsiyasi 2,3:1 nisbatda bo‘lgan eritma olindi. Dastlabki aralashma tarkibidagi uglerodning atom ulushini toping.
A) 5/23 B) 3/13 C) 4/18 D) 6/28
Etil spirti sulfat kislota ishtirokida qizdirildi. Agar vaqt davomida harorat ko‘tarilib borilsa, qanday moddalar hosil bo‘ladi?
m) etoksietan; n) etilen; p) etan; q) dimetil efir; r) sirka kislota; s) aseton.
A) p, q B) r, s C) n, m D) n, q, s
Glukozaning spirtli bijg‘ishi natijasida hosil bo‘lgan gaz, uning yonishi natijasida hosil bo‘lgan CO2 bilan massa farqi 88 g bo‘lsa, bijg‘ishda hosil bo‘lgan spirt miqdorini (mol) toping.
A) 0,5 B) 1 C) 1,5 D) 2
Asetilen va metilamindan iborat gazlar aralashmasi to‘liq yondirildi. Hosil bo‘lgan aralashmada karbon oksidi va III valentli gaz hajmiy nisbati 4:1 bo‘lsa, dastkabki aralashma molekular massasini toping.
A) 29,33 B) 30 C) 28,67 D) 27,5
Quyidagi qaysi moddalar koks gazi asosini tashkil qiladi?
a) benzol; b) sintez gazi; c) fenolformaldegid; d) gazolin; e) ksilol; f) gudron; g) mazut.
A) c, f B) b, e C) a, e D) b, f, g