299-mashq.
Quyidagi so‘zlarni tarixiy va arxaik so‘zlarga ajrating.
Ulus, qozi, muhoraba, o‘lpon, jadid, rasadxona, mudarris, oblast,
rayon, komsomol, handasa, riyoziyot.
300-mashq.
Quyida berilgan maqol va iboralarni ko‘chiring. Tarixiy va arxaik
so‘zlarni aniqlang.
1. Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda ulton (tagcharm)
bo‘l. 2. Bolta tush guncha, kunda dam olar. 3. Da’vogar sust bo‘lsa,
qozi muttaham. 4. Bo‘zchining mokisidek
serqatnov bo‘lib qolmoq. 5. Igna bilan
bitadigan ishga juvoldiz ishlatmoq.
301-mashq.
Uyga vazifa. Amir Temurning
To‘xtamishxon bilan bo‘lgan jangidan olingan
tasvirni kuzating.
Sovut, dubulg‘a, palaxmon,
zirh, nayza, paykon, kamon
kabi so‘zlarning
izohini topib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
83-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
1.“Farhod va Shirin” dostonini o‘qisak, bugun tilimiz
ancha kelishib qolgan XX asr kashfi yotlaridan biri –
robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi: “U
odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan
Tilimizning ma’lum davrida qo‘llanib, hozirgi kunda foyda-
lanilmaydigan so‘zlar
tarixiy so‘zlar
deyiladi. Masalan:
hojib
(eshik og‘asi),
degrez
(cho‘yandan qozon quyuvchi),
yorg‘ichoq
(donni maydalash va un qilish uchun ishlatilgan tosh asbob)
kabi. O‘z o‘rnini boshqa so‘zga bo‘shatib bergan so‘zlar
ar xaik
so‘zlar
deyiladi. Masalan:
payg‘om
(xabar),
bog‘ot
(bog‘lar,
bog‘li joylar),
gisu
(soch) kabi.
Topshiriq.
Matnlarni diqqat bilan o‘qing.
http://eduportal.uz
|