mavzusida 10–12 ta gapdan iborat hikoya yozib keling. 82-dars. TARIXIY VA ARXAIK SO‘ZLAR Shom sari yurish oldidan Qorabog‘da chodir tikib uzoq turib
qoldik. Harb-u zarb mashqlarini puxtalamoq uchun qo‘shin
ichinda bo‘lib, ochiq havoda tunadik. Ko‘p vaqt o‘tkazib, safar
oldidan chodirga qaytsak, ajib manzaraning guvohi bo‘ldik.
Bizning yo‘g‘imizda chodir tuynugidan ikki kabutar tushib, bizning
xos o‘rindiqqa xas-xashak-la in qurib, biri tuxum bosib yotur edi.
Tangri taoloning bu beozor jonivorlariga xalal yetkazmaslik uchun
chodirni o‘zga qildik. Ertasi kuni, safarga jo‘nar avvalida, to‘rt nafar
navkarni mulozim birla qoldirdik. Ularga tayin etdikkim: “Tangri
taoloning beozor qushlari tuxum ochib, polaponlari uchirma
bo‘lg‘uncha, shu yonda bo‘lursiz. Polaponlar uchib chiqqach,
chodirni yig‘ib, ortimizdan yetib borg‘aysiz...”
298-mashq. Tilimiz tarixida ko‘p qo‘llangan quyidagi so‘zlarga e’tibor qa- rating, ular ishtirokida gaplar tuzishga urinib ko‘ring. Saltanat – mamlakat;
cherik – qo‘shin;
sipoh – askar;
raiyat –
xalq;
dorug‘a – shahar hokimi;
ziroat – dehqonchilik;
valiahd – toj-u
taxt vorisi;
rabot – karvonsaroy;
suvoriy – otliq askar.
Topshiriq. “Amir Temur o‘gitlari” kitobidan olingan parchani o‘qing, unga sarlavha toping. Topshiriqni bajaring.
1. Amir Temurning oliyjanobligi to‘g‘risida gapiring. 2. Eskirgan so‘zlarni aniqlang. http://eduportal.uz